Venerik kasallarni majburan davolash to‘g‘risidagi yo‘riqnoma o‘z kuchini yo‘qotdi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishInfeksiya bor-yo‘qligini aniqlash uchun qon olinmoqda
Infeksiya bor-yo‘qligini aniqlash uchun qon olinmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqdagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining qarori leks.uz saytida e’lon qilindi.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Ushbu qaror u rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, deb xabar qilingan lex.uz saytida.

"1997 yil 15-may kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda ichki ishlar vazirligi qarori bilan tasdiqlangan "Venerik kasallar va ular bilan aloqada bo‘lgan hamda ixtiyoriy ko‘rikdan o‘tish va davolanishdan bosh tortib kelayotgan shaxslarni majburiy davolash va ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin", — deyiladi xabar matnida.

Eslatib o‘tamiz, 1997-yil 15-may kuni O‘zbekiston Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazilgan mazkur qarorda majburiy davolanadigan bemorlar qatoriga qo‘yilgan tashxisdan so‘ng ixtiyoriy ravishda davolanishdan bosh tortayotgan, davolanishni sababsiz to‘xtatgan hamda takror davolash kurslaridan bosh tortayotgan venerik kasallar kirishi ko‘rsatib o‘tilgan edi.

Ixtiyoriy davolashdan qochib yurgan shaxslar haqida tibbiyot muassasalari ichki ishlar organlarini xabardor etar va ichki ishlar organlari amaldagi qonunchilik doirasida ularga qarshi chora qabul qilar edi.

Yangiliklar lentasi
0