Rossiyada Ravonning narxi 20 ming rublga qimmatlaydi

© Sputnik / Vadim ShekunRavon R2
Ravon R2 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bazaviy komplektatsiyadagi modelning narxi 409 ming rubldan boshlanadi, top varianti uchun esa 100 ming rubl ko‘proq to‘lanadi.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiya va boshqa mamlakatlarga eksport qilinayotgan Ravon avtomobillari narxi yaqin orada oshadi. Rossiyalik xaridorlar uchun o‘zbek avtomobillarining narxiga o‘rtacha 20 ming rubl qo‘shiladi, deb xabar beradi Nuz.uz.

Ikkita xavfsizlik yostiqchasi bilan jihozlangan bazaviy modifikatsiyadagi avtomobilning narxi 390 ming o‘rniga 409 ming rubl bo‘ladi.

Moskva xalqaro avtosaloni 2016 - Sputnik O‘zbekiston
Moskva avtosaloni: Avtovaz va Ravon yangi modellari

Top variantining narxiesa 509 ming rublga teng bo‘ladi.

Shuni ham aytish joizki, avtomobil bozori ekspertlari narxlar oshishiga qaramasdan savdo hajmi tushib ketmasligiga ishonch bildirishmoqda.

Ravon brendi Rossiyada 2015-yilning oxirida taqdim etildi. Mazkur brend Rossiyada ommabop bo‘lgan, lekin eskirib qolgan Matiz va Nexia hamda Rossiya bozorini tark etgan Chevrolet avtomobillari o‘rnini egallaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0