Samarqandda "Mikrokreditbank"ning bir guruh xodimlari sudlandi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSud ramzi
Sud ramzi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Soxta hujjatlar asosida bir nechta fermer xo‘jaliklari hisob raqamlaridan 400 million so‘mga yaqin mablag‘ o‘zlashtirilgan. Bankning boshqa mijozlari hisob raqamlaridagi 104 million so‘mdan ortiq mablag‘ ham xuddi shu yo‘l bilan o‘zlashtirilgan.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tumani sudida o‘ta yirik miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtirish va sarflab yuborishda ayblangan “Mikrokreditbank” AKB Juma filialining besh nafar rahbar-xodimlari ustidan hukm chiqarildi.

Sud vakilining Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qilishicha, “Mikrokreditbank” Juma filialining sobiq bshqaruvchisi Akmal Sharipov qo‘l ostidagi xodimlar bilan kelishib jinoiy guruh tuzgan hamda noqonuniy moliyaviy operatsiyalar o‘tkazib, bank mijozlari hisobidagi mablag‘larni o‘zlashtirgan.

Soxta hujjatlar asosida bir nechta fermer xo‘jaliklari hisob raqamlaridan 400 million so‘mga yaqin mablag‘ o‘zlashtirilgan. Bankning boshqa mijozlari hisob raqamlaridagi 104 million so‘mdan ortiq mablag‘ ham xuddi shu yo‘l bilan o‘zlashtirilgan.

"Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv tadbirlari natijasida bank muassasidagi mas’ul shaxslarning jinoiy faoliyati to‘liq fosh etildi. Operativ xodimlar 2014-yildan 2015-yilga qadar bo‘lgan muddat oralig‘ida 188,8 million so‘m va 74,9 ming dollardan ortiq miqdorda kamomadni aniqladilar. Bu mablag‘ni Sharipov va uning sheriklari moliyaviy hujjatlarni soxtalashtirish orqali o‘zlashtirib yuborgan", — dedi sud vakili Sputnik muxbiriga.

Bundan tashqari, tergov davomida 251ta fermer xo‘jaligiga tegishli pul mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish holatlari va buning natijasida ularga 435 million so‘mdan ortiq miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Sud majlisida barcha ayblanuvchilar ayblariga iqror bo‘lishdi. Sud A.Sharipov va uning sheriklari tergov davomida yetkazilgan barcha zararni to‘liq qoplaganliklarini hisobga olgan holda hukm chiqardi.

Bank boshqaruvchisi Sharipov va bosh hisobchisi S.Xaitova eng kam oylik ish haqining 305 baravari miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi, bankning boshqa mas’ul xodimlari — A.Toshmurodova, N.Damirova va M.Qo‘chqarovalar shartli ravishda 3-yil muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi.

Ularning barchasi 1-yil va 6 oygacha rahbarlik va moddiy-javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etildi.

Yangiliklar lentasi
0