Prezidentlikka Mirziyoyev nomzodi ilgari surildi

© AFP 2023 / MINORU IWASAKI Shavkat Mirziyeyov
Shavkat Mirziyeyov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi majlisida prezidentlikka Sh.M.Mirziyoyev nomzodi ilgari surilayapti", — deyiladi xabarda.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning nomzodi mamlakat prezidentligiga ilgari surildi, deb xabar beradi RIA Novosti Respublika Markaziy saylov komissiyasining Facebookdagi sahifasiga asoslanib.

"O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi majlisida prezidentlikka Sh.M.Mirziyoyev nomzodi ilgari surilayapti", — deyiladi xabarda.

Saylovchilar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti saylovlarida ishtirok etadigan 21 mln dan ko‘proq saylovchi qayd etildi

Milliy tiklanish partiyasi siyosiy kengashi 7-Plenumida esa Respublika Prezidenti nomzodiga Sarvar Otamuratov nomzodi taklif etildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining Facebookdagi sahifasida ma’lum qilindi.

“Milliy tiklanish partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomzodiga Otamuratov Sarvar Sadullayevich nomzodi taklif etilyapti”, — deyiladi xabarda.

Sarvar Otamuratov 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1995 yilda Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1998 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, 2003-yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini bitirgan. Sotsiologiya fanlari nomzodi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining raisi.

2015 yildan buyon Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha Qo‘mita a’zosi.

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni 78 yoshida vafot etdi. Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov prezident saylovlari 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0