MDH sammitidan oldin Kamilov Atambayev bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan DosaliyevAbdulaziz Kamilovning Almazbek Atambayev bilan uchrashuvi
Abdulaziz Kamilovning Almazbek Atambayev bilan uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan uchrashdi. Ikki taraflama hamkorlikning dolzarb masalalari hamda mavjud bo‘lgan muammolar yechimini topish uchrashuvning asosiy mavzusiga aylandi.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Bugun Beshkekda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovni qabul qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.  

O‘zbek-qirg‘iz hamkorligning dolzarb masalalari hamda mavjud bo‘lgan muammolar yechimini topish uchrashuvning asosiy mavzusiga aylandi.

Abdulaziz Kamilov  O‘zbekiston tomoni mavjud bo‘lgan barcha masalalar borasida “o‘zaro hurmat va qo‘shnichilik urf-odatlariga asosoan, ijobiy kayfiyat bilan”, ishlashga tayor ekanligini xabar qilidi.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘zaro munosabatlarni faollashtirib,  mavjud bo‘lgan muammolarni konstruktiv yo‘l bilan hal qilish uchun, ikkala tomondan ham jiddiy siyosiy iroda namoyon qilingan.

Kamilov Atambayevga O‘zbekiston prezidenti vazifasini o‘tovchi Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkizdi.

Eslatib o‘tamiz, 16-17 sentabrda Beshkekda MDH rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammitda Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston va Belorussiya prezidentlari, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri, Moldova bosh vaziri, Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari va Ukraina elchisi qatnashishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0