O‘zbekistonlik tennis hakamlari bir umrga chetlashtirildi

Obuna bo‘lish
Ular bahslarda uchinchi tomonning manfaati uchun harakat qilganliklari aytilmoqda.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) O‘zbekistonlik hakamlar Sherzod Hasanov va Arxip Molotaginni bir umrga diskvalifikatsiya qildi. Ular bahslarda uchinchi tomonning manfaati uchun ishlaganliklari aytilmoqda.

Hakamlar "Fyuchers" turniridagi musobaqalarda uchinchi tomonning bukmekerlik muassasalarida pul tikib g‘olib bo‘lishiga yordamlashish maqsadida hisobga o‘zgartirish kiritishni ataylab to‘xtatib turishgan va mobil telefonlari orqali turli soxtakorliklarni amalga oshirishgan.

Hakamlarning chetlashtirilishi zudlik bilan kuchga kiradi. Hasanov va Molotagin bundan buyon ITF, ATP va WTA turnirlarida ishlashmaydi.

Yangiliklar lentasi
0