Namanganda soxta kiriyeshkilar paydo bo‘ldi

© Novosti UzbekistanHaqiqiy va soxta mahsulot
Haqiqiy va soxta mahsulot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Kamalak Fayz savdo" korxonasi vijdonsiz “tadbirkorlar”ni qidirib topish va sudga berish niyatida.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Namanganlik Marat Muhitdinov "Sardoba" bozorida farzandlari uchun qotgan non bo‘lakchalari (kiriyeshki) sotib oldi. Farzandlari ularni iste’mol qilishganidan so‘ng o‘zlarini yomon his qildilar va kasbi shifokor bo‘lgan ota ularni davoladi. Baxtiga, farzandlari tuzalib ketishdi, deb xabar beradi "Novosti Uzbekistana".

Shubhali mahsulotni ishlab chiqargan noma’lum ishlab chiqaruvchi xaridorlarni jalb etish maqsadida kiriyeshki qadog‘iga dunyoga mashhur multfilm qahramonlari suratini joylagan. Qadoqda Masha va Ayiq surati tushirilib, “Masha Medved” so‘zlari yozilgan (aslida "medved" yozilishi lozim), "Doktorskaya" kolbasasi bo‘lagi tasvirlangan (qadoqda esa "salyami ta’mli" deb yozilgan). Buning ustiga "kiriyeshki" so‘zi o‘rniga savodsizlarcha "krishki" deb yozilgan.

Qadoqda rus, o‘zbek va qozoq tillarida ham yozuvlar bo‘lib, aftidan bu mahsulotni eksport qilishni ham mo‘ljallashgan. Nashrning ma’lum qilishicha, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish boshqarmasi mutaxassislari qadoqni o‘rganib chiqishdi. Aniqlanishicha, qadoqda ko‘rsatilgan Ts 24130552-01: 2014 standarti ushbu mahsulotga emas, "Multiki" deb nomlanuvchi shirin makkajo‘xori qalamchalariga tegishli.

"Kamalak Fayz savdo" korxonasi vakillarining mahsulotlarida esa "Masha" so‘zi “va” bog‘lovchisi (“i”) yordamida imlo qoidasiga binoan yozilgan "Medved" so‘zi bilan bog‘langan.

Ayni paytda korxona vijdonsiz “tadbirkorlar”ni qidirib topish va sudga berish niyatida.

Xaridorlarga maslahatimiz esa mahsulot sotib olayotganda uning qadog‘iga yaxshilab e’tibor bering. Qo‘lingizdagi mahsulot soxta bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0