TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Seshanba kuni 50 harbiy texnika va 300 askardan iborat Xitoy armiyasi vakillari Shanxay Hamkorligi Tashkiloti “Tinchlik Missiyasi 2016” o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishi uchun Qirg‘izistonga kirib keldi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston Bosh shtabi matbuot xizmati.
ShHT mamlakatlari “Tinchlik missiyasi 2016” o‘quv mashg‘ulotlari 15-21 sentabr kunlari Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi. Unda Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya harbiy qismlari ishtirok etadi.
O‘quv-mashg‘ulotlar davomida besh mamalakat vakillari, ekstremizm, separatizm va terrorchilikka qarshi kurash hamda antiterror operatsiyalar davomida harbiy qo‘shnlarni birgalikda boshqarish masalalari ustida ishlashadi.
Tojikiston harbiylarining ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish uchun kelishi 13-sentabr kun oxirida rejalashtirilgan, Rossiya harbiy kuchlari 14-sentabrda kutilmoqda. Qozog‘iston vakillari esa — 14-sentabr kuni chegarani kesib o‘tib tushga qadar mashg‘ulotlarga yetib kelishi rejalashtirilgan.