O‘zbekistonlik paralimpiadachilar yana ikkita medalni qo‘lga kiritishdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasining Paralimpiadada qo‘lga kiritgan medallari soni 23taga (6ta oltin, 4ta kumush va 13ta bronza) yetdi.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Ahror Bozorov va Dmitriy Xorlin Rioda bo‘lib o‘tayotgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining beshinchi kunida ikkita bronza medalini qo‘lga kiritishdi, deb xabar beriladi Milliy paralimpiya assotsiatsiyasining Facebookdagi sahifasida.

Og‘ir atletikachi Ahror Bozorov 80 kggacha vazn toifasida 207 kg natija ko‘rsatdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi, Dmitriy Xorlin esa erkin usulda 400 metrga suzish bo‘yicha bronza medali oldi.

O‘zbekiston terma jamoasining Paralimpiadada qo‘lga kiritgan medallari soni 23taga (6ta oltin, 4ta kumush va 13ta bronza) yetdi.

Yangiliklar lentasi
0