Mirziyoyevning tayinlanishi Konstitutsiyaga muvofiq

© Sputnik / Aleksey DrujininShavkat Mirziyayev,
Shavkat Mirziyayev, - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Huquq himoyachisi Akmal Saidovning fikriga ko‘ra, bosh vazirning prezident vazifasini o‘tuvchi etib tayinlanishi O‘zbekiston asosiy qonuniga zid emas. Ushbu qaror siyosiy ehtiyoj tufayli qabul qilingan.

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekiston parlamenti bosh vazir Shavkat Mirziyoyevning prezident vazifa va vakolatlarini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlashi, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq amalga oshirilgan, dedi  Inson huquqlari milliy markazi direktori, professor Akmal Saidov, RIA Novosti UzA xabariga asosan.

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov 2-sentabra kuni 78 yoshda insult oqibatida vafot etdi. Islom Karimov o‘z ona shahri Samarqandda Shohi Zinda qabristonida dafn etildi.

Payshanba kuni bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning qo‘shma majlisi qaroriga binoan prezident vazifa va vakolatlarini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga binoan, mamlakat prezidenti o‘z vazifasini o‘tay olmagan hollarda, uning vazifasini vaqtincha bajarish Senat raisi zimmasiga yuklatilishi kerak. Prezident vazifasini o‘tashi kerak bo‘lgan Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning o‘zi ushbu vakolatlardan voz kechib, Shavkat Mirziyoyev nomzodini taklif qildi.

“Senat raisining o‘zi zimmasiga yuklatilishi kerak bo‘lgan vakolatidan voz kechganda, Oliy Majlis uni prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlashga haqli emas”, — dedi Saidov o‘zining UzA orqali tarqatilgan maqolasida. Uning fikriga ko‘ra, bunday qaror qabul qilish O‘zbekiston Konstitutsiyasining asosiy tamoyillariga qarshi bo‘lgan bo‘lardi.

Saidovning fikriga ko‘ra, vujudga kelgan vaziyatda O‘zbekiston Oliy Majlisi Respublika uchun ushbu o‘ta muhim masala bo‘yicha, qaror qabul qilishi kerak bo‘lgan.

Inson huquqlari milliy markazi rahbarining aytishiga ko‘ra, “Normativ-huquqiy  hujjatlar haqida”gi qonunning 6 bandiga binoan, Oliy Majlisning ikkala palatasi tomonidan qabul qilingan qaror – qonun kuchiga ega bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0