Janubiy Koreya Pxenyanni kulga aylantirishga tayor

© Foto : InSapphoWeTrustSeul shahri
Seul shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ronxap xabariga ko‘ra, Janub ushbu maqsadda o‘zining 300, 500 va 1 ming km uzoqlikka uchuvchi “yer-yer” turkumdagi raketalaridan foydalanishi mumkin.

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Janubiy Koreya harbiylari Pxenyanga oldindan zarba berish rejasini ishlab chiqishdi, deb xabar qildi Ronxap agentligi.

“Agar Shimol yadro qurolidan foydalanganining zarracha alomati sezilsa, Pxenyanning har bir tumani, ayniqsa rahbariyat joylashgan rayonlar ballistik raketalar va fugas snaradlar yordamida yer bilan yakson qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, Shimol poytaxti kulga aylantirilib xaritadan o‘chiriladi”, — deyilgan Janubiy Koreya harbiylari xabarida.

Ronxap xabariga ko‘ra, Janub ushbu maqsadda o‘zining 300, 500 va  1 ming km uzoqlikka uchuvchi “yer-yer” turkumdagi raketalaridan foydalanishi mumkin.

Undan tashqari, Janubiy Koreyada maxsus harbiy qism mavjud bo‘lib, uning vazifasi Shimoliy Koreya rahbariyatini yo‘q qilishdir.

Eslatib o‘tamiz, juma kuni Shimoliy Koreya quvvati 10 kilotonna bo‘lgan yadroviy qurolni yer osti sinovidan o‘tkazdi. Ushbu sinovlar KXDR tarixida eng kuchli yadro quroli sinovi bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0