Nosir Yakubov: Karimovning bo‘lg‘usi prezident ekani xayolimizga ham kelmagan

© Iz lichnogo arxivaO‘zbekistonning Qozog‘istondagi sobiq elchisi
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi sobiq elchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi birinchi elchisi Nosir Yakubov Islom Karimov bilan birga ishlagan vaqtlarini yodga oldi.

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti mustaqil mamlakat uchun juda katta ishlarni amalga oshirgan yorqin siyosiy arbob edi, deya o‘z hikoyasini boshladi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga 1993-yildan 2000-yilga qadar O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan Nosir Yakubov.

"Islom Abdug‘aniyevich bilan u kishi hali O‘zbekiston SSR prezidenti bo‘lguniga qadar tanishganmiz", — deb esga oladi Nosir Norovich.

"O‘shanda, Karimov bo‘lg‘usi prezident ekani xayolimizga ham kelmagan. Ko‘pincha ish tufayli yo‘llarimiz kesishardi. Suhbatlashardik. Ular dilkash suhbatdosh va intiluvchan shaxs edilar. Yosh Karimov ko‘p narsaga erishishi shundoq ham ayon edi, ammo bir kun kelib respublikaning birinchi kishisiga aylanishi hech kimning hayoliga kelmagan o‘shanda", — bo‘lishadi Yakubov.

Nosir Norovichga ko‘ra, Islom Karimov O‘zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o‘tib, mutaxassislikdan Respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o‘rinbosari lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan va ko‘p vaqt o‘tmay Komitetning Raisi etib tayinlangan. Bo‘lg‘usi davlat rahbari mansab pillapoyasidan katta tezlikda ko‘tarilar, sababi, undagi mehnatsevarlik va professionallik jihatlarini payqamaslikning iloji yo‘q edi.

Islom Karimovning hayot yo‘li - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimovning hayot yo‘li

"U kishi hamisha bizdan bir qadam oldinda yurardilar. Fikrlashlari juda teran edi. Hamma ishga ulgurardilar va rahbariyat tomonidan qo‘yilgan eng muhim va dolzarb vazifalarning yechimini topa oladigan ajoyib rahbar edilar. Fikrimcha, Karimov taqdir unga ushbu tuhfani tayyorlab qo‘yganini sezgan va o‘z maqsadi sari olg‘a intilgan", — deya o‘z hikoyasida davom etadi diplomat.

Suhbatdosh, shuningdek, o‘tmishda birgalikda ziyofatlar uyushtirganliklari haqida yodga oldi.

"Islom Karimov hamisha qadahni oxirigacha to‘ldirishlarini so‘rab, O‘zbekiston SSR Davlat plan komitetining raisi bo‘lishi uchun ichishini aytar edilar. Bu so‘zlarni hamma odatiy qabul qilardi, negaki, bunday jiddiy tashkilotga rahbar bo‘lish uchun u kishida barcha jihatlar mujassam edi. Islom Karimov nimani xohlashini va qaysi tomonga qarab harakatlanishni aniq bilardi", — deydi Yakubov.

Suhbatdoshning xotirlashicha, mustaqil mamlakatning prezidenti etib tayinlangach, Islom Abdug‘aniyevich Yakubovni o‘z huzuriga chorlab: "O‘zingga jamoa to‘pla, do‘stona missiya bilan Isroilga borasan. Men deyarli har kuni isroillik do‘stlarimizdan yaxshi maktublarni olyapman, ularni ziyorat qilish kerak bo‘ladi", deb aytadi.

Suhbatdoshning izoh berishicha, Karimov o‘zining bolalikdagi o‘rtoqlari, Samarqanddagi sinfdoshlarini nazarda tutgan — Prezident deyarli butun hayoti davomida ular bilan aloqani uzmagan.

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif (chapda) rafiqasi Kalsum Navoz Sharif bilan - Sputnik O‘zbekiston
Navoz Sharif: Islom Karimov - o‘z xalqi yo‘lini yoritib borgan buyuk rahbar

"Men boshchiligimda 7-8 kishidan iborat delegatsiya Isroilga yo‘l oldik. Bizni quchoq ochib qarshi olishdi, sovg‘a-salomlarga ko‘mib tashlashdi. Biz juda ham ko‘p uchrashuvlar o‘tkazdik, ularda faqat xotiralar yodga olindi — Karimovning maktab davri, qanday qilib o‘qishgani, o‘rtoq bo‘lishgani, uy oldida futbol o‘ynaganliklari… Bundan tashqari Isroilning yosh o‘zbek davlati bilan kelgusidagi hamkorligi muhokama qilindi.

Qaytganimizdan so‘ng delegatsiyani davlat rahbarining shaxsan o‘zi qabul qildi, unga safar haqida batafsil ma’lumot berildi. Karimov qiziqish bilan tingladi va safar natijalaridan rozi bo‘ldi. Bu mustaqil mamlakat delegatsiyasining chet elga uyushtirgan birinchi rasmiy safari edi".

Yangiliklar lentasi
0