Paralimpiada ochilishida Rossiya bayrog‘i ko‘tarib chiqqan belorus jazolandi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishXV yozgi paralimpiada o‘yinlari ochilish marosimi
XV yozgi paralimpiada o‘yinlari ochilish marosimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belorussiya delegatsiyasi vakili Andrey Fomochkin Rio-de-Janeyroda XV yozgi Paralimpiada o‘yinlari ochilish marosimida Rossiya bayrog‘ini ko‘tarib chiqdi.

TOShKENT, 8 sen —Sputnik. Xalqaro Paralimpiada qo‘mitasi (IPC), rossiya bayrog‘i ko‘tarib chiqqan Belorussiya jamoasi vakili Andrey Fomochkinning akkreditatsiyasini bekor qildi, R-sport xabari asosida.

2016 yilgi XV yozgi Paralimpiada o‘yinlari ochilish marosimi 8-sentabr kuni Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda Belorussiya delegatsiyasi vakili, sportchilarni yengil atletika bo‘yicha tayorlash markazi direktori Andrey Fomochkin Rossiya bayrog‘ini ko‘tarib chiqdi. Qo‘riqchilar uni tutib stadiondan chiqarib yuborgunicha, Fomochkin stadion aylana yo‘lagining to‘rtdan bir qismini kesib o‘tishga ulgurdi.

Keyinroq, Xalqaro Paralimpiada qo‘mitasi (IPC) ushbu voqea tufayli, uning akkreditatsiyasini bekor qildi.  

Belorussiya Paralimpiada qo‘mitasi raisi Oleg Shepel aytishiga ko‘ra, ushbu namoyish siyosiy sabablarga ko‘ra emas, Rossiya sportchilari bilan hamjihatlik ramzi sifatida qilingan.

Fomochkin amalga oshirgan namoyish rasmiy Minsk tomonidan yaxshi baholandi. “Bizning sportchi o‘zini haqiqiy do‘stdek, erkakdek tutdi”, — dedi Belorussiya TIVi. “Rossiyaliklar biz uchun eng yaqin xalq, biz ularni qo‘llab-quvvatlamasdan ilojimiz yo‘q edi”, — dedi Aleksandr Lukashenko.

Rossiyada ham Fomochkinning namoyishi katta olqishlarga sazovor bo‘ldi. “Belorussiyalik paralimpiadachilar ishiga qoyil qolish kerak”, — dedi Dmitriy Peskov. Internet foydalanuvchilari bo‘lsa Andrey Fomochkinni “Xalqlar do‘stligi” ordeni bilan mukofotlashni taklif qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0