Yevrovidenie-2017 Ukraina o‘rnida Rossiyada o‘tishi mumkin

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tish"Yevrovidenie-2016" konkursi finali
Yevrovidenie-2016 konkursi finali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agar Kiyev yaqin vaqt ichida "Yevrovidenie-2017" konkursi o‘tkazadigan joy va moliya manbai aniq belgilamasa, konkurs o‘tkazish huquqi boshqa mamlakatga o‘tishi mumkin.

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Agar Ukraina oktabr boshigacha konkurs o‘tkazish sharoitlarini aniq belgilamasa, “Yevrovidenie-2017” o‘tkazish huquqi Rossiyaga o‘tishi mumkin, deb xabar qildi RIA Novosti.

Ukrainada “Yevrovidenie-2017” o‘tkazish kerak bo‘lgan shahar va moliya manbai haligacha aniqlanmagan. Konkurs o‘tkazishga Kiyev, Dnepr va Odessa shaharlari talabgor. Maxsus komissiya bir necha bor “Yevrovidenie-2017” o‘tkaziladigan shaharni e’lon qilish sanasini ko‘chirgan edi. Buning sababi konkursga kerakli infrastruktura kim tomonidan moliyalanishi aniq belgilanmaganidir.

 

Yevropa eshittirishlar ittifoqi (YeVS) ma’lum qilishiga ko‘ra, agar Ukraina vakillari yaqin orada konkurs o‘tkazadigan joy va moliya manbaini aniq belgilamasa, konkurs o‘tkazish huquqi boshqa mamlakatga o‘tishi mumkin.

“Ukraina vakili Yevrovidenie-2016da g‘olib chiqqani uchun ular ushbu konkursini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritishdi. Konkurs o‘tkazish huquqini ulardan hech kim tortib ola olmaydi, lekin har bir ish uchun qaror qabul qilish muddati bor. Biz uch shahar ushbu huquq uchun kurashayotgani guvohi bo‘lmoqdamiz. Lekin konkurs g‘olibi qachon rasman e’lon qilinishidan xabarimiz yo‘q.  Eng oxirgi muddat – oktabr oyining boshi”, — deyilgan xabarda.

Yevrovidenie qoidalariga ko‘ra, agar birinchi o‘rinni olgan mamlakat konkurs o‘tkaza olmasa, huquq ikkinchi o‘rinni olgan mamlakatga o‘tadi. O‘tgan yil ikkinchi o‘rinni Avstraliya olgan edi, lekin Yevrovidenie o‘tkazish asosiy shartlaridan biri – konkurs Yevropa qit’asi hududida  o‘tkazilishi kerak, shuning uchun agar Ukraina belgilangan vaqtda konkurs o‘tkaziladigan shahar va moliya manbaalarini aniqlamasa, “Yevrovidenie – 2017”, o‘tgan yilgi konkursda uchinchi o‘rinni egallagan,  Rossiyaga o‘tishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0