Dollar narxi pasayib, oltin qimmatlashmoqda

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishOltin.
Oltin. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nyu-York birjasida oltinning bir unsiyasi 2,5 dollarga qimmatlashib, 1351,7 dollarga yetdi.

TOShKENT, 8 sen – Sputnik. AQShning zaif statistika ma’lumotlari sababli dollarning qiymati pasayib, oltin narxi oshmoqda.

Nyu-Yorkning Comex birjasida oltinning bir troya unsiyasi (31,10 gramm) 2,5 dollarga qimmatlashib, 1351,7 dollarga yetdi.

Amerika valyutasining qiymati pasayishiga mehnat bozori va xizmat ko‘rsatish sohasidagi faollik bilan bog‘liq past ko‘rsatkichli statistika sabab bo‘lmoqda.
"Dollar zaif holatda bo‘lsa, oltinning narxi 1375-1380 dollarga yetishi mumkin", — deydi OANDA Asia Pacific tahlilchisi Jeffri Xalli Reyter agentligiga.

Yangiliklar lentasi
0