TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Janubiy Koreyaning sobiq rahbari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan o‘z hamdardligini izhor qildi, deb xabar qiladi "Jahon" AA.
Marosim yakunida Li Mon Bak Prezident Islom Karimov bilan yaqin do‘stlar bo‘lishgani va tez-tez uchrashib turishganini aytdi.
"Bu men uchun sira kutilmagan voqea bo‘ldi, — dedi Janubiy Koreyaning sobiq yetakchisi. — Men yaqin do‘stimni yo‘qotdim. Men dafn marosimida shaxsan qatnasha olmadim. O‘zbekiston yetakchisi oilasiga mening alohida hamdardligim va qayg’udoshligimni yetkazishlaringizni so‘rayman".
Ichki ishlar va davlat boshqaruvi vaziri Xong Yun Sik esa tarixan qisqa davr mobaynida Islom Karimov O‘zbekiston taraqqiyotida katta ishlarni amalga oshirishga erishganini qayd etgan. Koreya Respublikasi hukumatining a’zosi milliy yetakchi tomonidan mo‘ljallangan rejalar bundan keyin ham muvaffaqiyat bilan hayotga tadbiq etilishiga umid bildirgan.