TOShKENT, 7 sen — Sputnik. "Cho‘qintirgan ota" filmi sahnalari suratga olingan Los-Anjeles okrugidagi dang‘illama hovli-joy 195 million dollarga sotuvga qo‘yildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
1925 yilda bunyod etilgan bu hovli Los-Anjelesning eng mashhur tumanlaridan biri bo‘lmish — Beverli-Xillzda joylashgan. U AQSh hududidagi eng qimmat ko‘chmas mulklardan biri hisoblanadi. Ikki gektar maydonga ega hududda oltita inshoot, shu jumladan, tungi klub va kinoteatr joylashgan bo‘lib, turar joyning o‘zi 28ta yotoqxonani o‘z ichiga olgan.
Arxitektor Gordon Kaufman tomonidan loyihalashtirilgan bu mashhur qasrda shuningdek, go‘zal bog‘u-rog‘lar, ikkita tennis korti, basseyn hamda 400 kishi uchun mo‘ljallangan qabulgoh mavjudligi aytilmoqda.
Shohona turar-joy shu vaqtga qadar oyiga 600 ming dollarga ijaraga berilgan. Ko‘chmas mulkning hozirgi egasi Leonard Ross esa qasr uchun oldingi narxidan 30 dollar qimmat narx so‘ramoqda, deb yozgan nashr.
Qasrning eng mashhur egalaridan biri bu "sariq matuot otasi" Uilyam Xerst bo‘lganini e’tirof etish mumkin. Shuningdek, bu yerda AQShning 35 prezidenti Jon Kennedi o‘z rafiqasi Jaklin bilan asal oyini o‘tkazgan.
Hashamatli qasr unda afsonaviy "Cho‘qintirgan ota" filmining bir nechta sahnalari suratga olingani bilan ham dong taratgan.
