Kamilov Yaponiyaning yangi tayinlangan elchisini qabul qildi

© MID UzbekistanaO‘zbekistondagi Yapniya elchisi Nobuaki
O‘zbekistondagi Yapniya elchisi Nobuaki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida kunchiqar mamlakatning yangi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. 2016-yilning 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yaponiyaning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nobuaki Itoni qabul qildi, deb xabar qiladi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Nobuaki Ito Yaponiya rahbariyati nomidan O‘zbekiston Hukumati va xalqiga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etdi.

Vazir hamdardlik va dalda so‘zlari hamda Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tgan motam marosimlarida Yaponiya Hukumati delegatsiyasining ishtiroki uchun Elchiga minnatdorchilik bildirdi.

"Muloqot davomida O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligini yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi", — deyiladi xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0