Toshkentda Mustaqillik yillariga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

© Sputnik / Georgiy Zelma / Mediabankka o‘tishSan’at muzeyi
San’at muzeyi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmadan Prezidentning portreti, O‘zbekistonning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlariga oid bosma nashrlar va fotosujetlar, shuningdek mamlakatning taniqli rassomlari mo‘yqalamiga mansub rasmlar o‘rin olgan.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Davlat san’at muzeyida 4-sentabrdan 4-oktabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston rassomlari” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi “O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘lida” portali.

Ko‘rgazmadan O‘zbekistonning mustaqillik yillarida taniqli o‘zbek rassomlari tomonidan ishlangan asarlar o‘rin olgan. Ular orasida Rahim Ahmedov, Akmal Nur, Anvar Mirsoatov, Orif Muinov, Sobir Rahmatov, Dilorom Mamedova va boshqa taniqli musavvirlar chizgan rasmlarni ko‘rish mumkin.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar O‘zbekistonning barcha jabhalardagi yutuqlari aks etgan ijodiy ishlar bilan tanishishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0