Rossiya telekanalida "O‘zbekiston. Karimovdan keyin" mavzusida teledebatlar bo‘lib o‘tdi

© Press-slujba Pravitelstva KirgizstanaIslom Karimov bilan vidolashuv marosimi, Samarqand
Islom Karimov bilan vidolashuv marosimi, Samarqand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov vafot etdi. Buyuk rahbar o‘limi haqidagi ma’lumot rasman tasdiqlandi. Karimov davri o‘z nihoyasiga yetdi. Bu qanday davr bo‘lgan edi? Islom Karimov o‘rnini kim egallaydi? Rossiya nimaga tayyor turishi kerak?", - degan kirish so‘zlar bilan o‘z dasturini boshladi jurnalist Aleksey Xudojnikov.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. 4-sentabr kuni Rossiyaning "Zvezda" telekanalidagi "Osobaya statya" dasturida "O‘zbekiston. Islom Karimovdan keyin" mavzusida teledebatlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Umumrossiya o‘zbeklar kongressi saytida xabar qilingan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Putin: Islom Karimov mamlakat uchun eng murakkab davrda katta ishlarni amalga oshirib ketdi
Dasturda Rossiya Prezidenti huzuridagi millatlararo munosabatlar bo‘yicha vakili, ekspert Ibragim Xudayberdiyev, Rossiya Federatsiya Kengashi a’zosi — Sergey Ribakov, "Huquqiy davlat jamg‘armasi" prezidenti — Yevgeniy Tarlo, iqtisodchi, publitsist — Mixail Xazin, jurnalist — Umid Bobomatovlar ishtirok etgan.

Ko‘rsatuv davomida Ibragim Xudayberdiyev O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov faoliyatiga yuqori baho berdi. "Qattiqqo‘llik bilan olib borilgan ichki siyosat tufayli Islom Karimov mamlakatda tinchlik va farovonlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi va ishchilar tinch mehnatini ta’minladi", — deya ta’kidladi u.

"Radikal islomchilarning faollashuvi va G‘arb tomonidan soxta-demokratiyaning xiralik bilan yopishtirilishi davlat rahbaridan ana shunday qattiqqo‘llikni talab etdi. O‘zbekistonning kelajagiga kelsak, menimcha, Islom Karimov boshlagan siyosat davom ettiriladi, chunki u kishi barpo etgan hukumat chizig‘i mamlakatni siyosiy "shok"dan saqlab qolishga qodir", — deya ta’kidladi Xudayberdiyev.

Teledebatlar davomida jurnalist Umid Bobomatov O‘zbekiston AQSh bilan yaqin bo‘lishi kerakligi haqida so‘z ochdi. Uning fikricha, AQSh va NATO o‘z sarmoyalari bilan mamlakatga go‘yoki haqiqiy yordam ko‘rsata oladi.

Teledebatlarda ishtirok etgan Usmon Baratov esa AQSh va NATOdan voz kechadigan bo‘lsa, O‘zbekistonda "rangli inqilob" yuz berishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Ammo, har qanday "rangli inqilob"ga qarshi turish uchun O‘zbekistonda kuch va vositalar yetarli ekanini u unutib qo‘ydi, chog‘i deya izoh berilgan nashrda.

Dasturning boshqa ishtirokchilari AQSh va NATOning Iroq, Afg‘oniston, Liviya, Suriya va dunyoning boshqa mintaqalariga aralashuvi hech qachon yaxshilikka olib kelmaganini eslatib o‘tishdi. "AQSh va NATOning paydo bo‘lishi u suqilib kirgan davlat va xalqlar uchun hamisha fojiali yakun topgan, ular tomonidan tinmay bong urib kelinadigan "amerikancha demokratiya" esa xaosga, fuqarolik urushiga olib kelib, mamlakat iqtisodiyotini izdan chiqaradi, aholini chet mamlakatlarga migratsiya qilishga majbur etadi", — deya ta’kidlashdi ular.

Dastur ishtirokchilari O‘zbekistonning kelajagi qanday bo‘lishini O‘zbekiston xalqining o‘zi hal etadi, degan fikr bilan ko‘rsatuvni yakunladilar.

Yangiliklar lentasi
0