Bruney sultoni Islom Karimov nomiga ta’ziyanoma yo‘lladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishIslom Karimovning qabri
Islom Karimovning qabri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimov vafoti munosabati bilan shu kunlarda butun O‘zbekiston ahli chuqur qayg‘uda. Xorijiy davlat rahbarlari ham o‘zbek xalqiga o‘z hamdardlik maktubi bitilgan maktublarni yo‘llamoqdalar.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan ta’ziyanomalar kelmoqda, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Mazkur ta’ziyanomalarda ushbu qayg‘uli damlarda O‘zbekiston rahbariyati, xalqi va Islom Karimovning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirilib, sabr-toqat tilangan.

Quyidagilar o‘z ta’ziyanomalarini yo‘llagan:

Yevropa Kengashi Prezidenti – Donald Tusk

Fransiya Respublikasi Prezidenti – Fransua Olland

Italiya Respublikasi Prezidenti – Serjo Mattarella

Kuba Respublikasi Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashining Raisi – Raul Kastro Rus

Kuvayt Davlati Amiri – Shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti – Abdul Hamid

Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziri – Shayx Hasina Vazed

Bruney Dorussalom Sultoni – Hoji Hassanal Bolkiyah

Bruney Dorussalom Bosh vazirining ofisi vaziri va ikkinchi tashqi ishlar va savdo vaziri – Pexin Dato Lim Jok Seng

Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti – Chan Day Kuang

Isroil Davlati Prezidenti – Reuven Rivlin

Qatar Davlati Bosh vaziri, ichki ishlar vaziri – Shayx Abdulloh bin Nosir bin Xalifa Ol Soniy

Buyuk Britaniya Parlamenti a’zosi, tashqi ishlar vaziri – Boris Jonson

Malayziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari – Dato Sri Riizal Merikan bin Nayna Merikan

Malayziya ishbilarmonlar va sanoatchilar assotsiatsiyasi prezidenti – Dato Muhammad Izat Amir

Islom hamkorlik tashkilotining Bosh kotibi – Iyad Amin Madaniy

"Gazprom" kompaniyasi boshqaruvi raisi – Aleksey Miller

Germaniya – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi ijrochi direktori, “Doyche Kabel AG Toshkent” qo‘shma korxonasi investori – Falk Porshe

Ispaniya Kongressi deputati – Xose Mariya Chikiyo Barber

Saudiyalik vatandoshlar.

Ta’ziyanomalar kelishi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0