Yo‘ldoshevmi yoki Mirziyoyev: MDH sammitida O‘zbekiston kelajagi oydinlashishi mumkin

© Sputnik / Viktor TolochkoMDH davlatlari bayroqlari
MDH davlatlari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
16 sentabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tadigan MDH sammiti O‘zbekiston kelajagi haqida ayrim xulosalarni berishi mumkin.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik, Mariya Sheludakova. MDH davlatlari rahbarlari kengashining Bishkekda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida O‘zbekiston nomidan prezident vazifasini bajaruvchi Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev emas, balki bosh vazir Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi, deb taxmin qildi MDH davlatlari instituti direktori o‘rinbosari Vladimir Yevseyev Sputnik muxbiriga.

Konstitutsiya bo‘yicha yaqin uch oy davomida davlat rahbari vazifasini Senat raisi bajaradi, lekin bo‘lg‘usi prezidentlik saylovlarida uning imkoniyati yuqorimi-yo‘qmi – katta savol. Yevseyev O‘zbekistonning ikkinchi prezidenti aynan Shavkat Mirziyoyev bo‘ladi, deb hisoblaydi.

Siyosatchi bo‘lajak MDH sammiti O‘zbekiston kelajagi haqida ayrim xulosalarni berishi mumkin deb hisoblaydi. Birinchidan, o‘zbekistonliklarning ishtiroki mamlakat yangi rahbariyatining Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikka munosabatini ko‘rsatib beradi.

"MDH doirasida hamkorlikning bir nechta shakllari bo‘lib, O‘zbekiston ularning ayrimlarida qatnashadi, ayrimlarida esa yo‘q. Respublikaga MDH bilan hamkorlik qay darajada ahamiyatli ekanligi muhim omildir, — davom etadi Yevseyev. — Masalan, ShHT sammitiga Eron prezidenti Hasan Ruhoniy kelmadi, aslida esa uning tashrifini kutishgandi. Bu esa Eronga ShHT unchalik kerak emasligini bildiradi. Bu yerda ham shunga asoslanib xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi".

Sammit yakuniga qarab xulosaga kelish mumkin, ta’kidlaydi Yevseyev,-hozircha qat’iy xulosa chiqarishga erta.

Yangiliklar lentasi
0