Namanganda yangi nasos stansiyasi ishga tushdi

© Nuz.uz"Kizil Ravot-2" Namangan viloyatidagi yangi nasos stansiyasi
Kizil Ravot-2 Namangan viloyatidagi yangi nasos stansiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi "Kizil Ravot-2" nasos stansiyasi 135 ming oila va 2,5 ming fermer xo‘jaliklarini suv bilan ta’minlaydi. Qiymati 13 mln bo‘lgan ushbu loyiha yaponiya-britaniya qo‘shma korxonasi tomonidan amalga oshirildi.

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Namangan viloyatida "Kizil Ravot-2" nomli yangi nasos stansiyasi ishga tushirildi. Ushbu stansiya 135 ming aholi uylari va 2,5 ming fermer xo‘jaliklarini suv bilan ta’minlashi kerak, Nuz.uz portali xabariga asosan.

Nashr xabariga ko‘ra, ishga tushirilgan gidroinshoot 17,8 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlarni suv bilan ta’minlaydi, bu esa Katta Namangan kanalidan sug‘oriladigan 32 ming yer maydonlarida suv yetishmovchilik muammosini ham qiladi.

"Kubota Korporeyshn — Orteks Investments LTD.",  Britaniya va Yaponiya konsorsiumi tomonidan amalga oshirilgan  ushbu loyihaning umumiy qiymati 13 mln dollarni tashkil qildi. Xususan, nasos stansiyasiga to‘rt nasos o‘rnatilib, ular 10 kubometro suvni 58 metrga ko‘tarish quvvatiga ega. Farg‘onada loyihalarni amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i Raxmonali Yoqubovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu nasos stansiyasi, 3 mln kilovat elektr energiyasi tejash imkonini beradi va eski stansiyaga qaraganda 20% samaraliroq.

Yangiliklar lentasi
0