MDH mamlakatlari mudofaa vazirliklari o‘zaro hamkorlikni muhokama qilishadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishRossiya mudofaa vazirligi
Rossiya mudofaa vazirligi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil ishtirokchilar tarkibiga Turkmaniston delegatsiyasi ham qo‘shildi. Qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishida Rossiya, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etishadi.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Havo hujumiga qarshi mudofaa masalalari bo‘yicha koordinatsion qo‘mita yig‘ilishida MDH davlatlari mudofaa vazirliklari vakillari harbiy tizim va harbiy-texnik hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qilishadi, deb xabar berdi Rossiya mudofaa vazirligining matbuot xizmati va axborot boshqarmasi. 

Bu yil ishtirokchilar tarkibiga Turkmaniston delegatsiyasi ham qo‘shildi. Qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishida Rossiya, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etishadi.

"Qo‘mita yig‘ilishi davomida ko‘p tomonlama va ikki tomonlama harbiy hamda harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirishga asosiy e’tibor qaratiladi", — deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi ma’lumotida.

Vazirlikning ma’lumotiga qaraganda, MDH qatnashchi davlatlarining 2017-yilga mo‘ljallangan havo hujumiga qarshi mudofaa bo‘yicha birlashgan tizimining o‘zaro o‘tkaziladigan tadbirlari rejasi ham tasdiqlanadi. Yig‘ilish yakunida delegatsiyalar rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

"Xususan, tomonlar Markaziy Osiyo kollektiv xavfsizlik hududida havo hujumiga qarshi birlashgan hududiy tizimni yaratish bo‘yicha davlatlararo kelishuvlar loyihasini tayyorlash borasida ham ish olib borishadi", — deya qo‘shimcha qilinadi vazirlik tomonidan.

Yangiliklar lentasi
0