Turkmanboshi sport qo‘mitasi rahbarini so‘nggi marotaba ogohlantirdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishTurkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Berdimuhammedovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda mamlakatning barcha hududlarida zamonaviy sport markazlari, stadionlar, fizkultura-sog‘lomlashtirish majmualari faoliyat yuritmoqda, xorijdan murabbiylar taklif etilmoqda, davlat sportni muntazam qo‘llab-quvvatlamoqda, biroq turkman sportchilarining natijalari haligacha maqtanarli emas.

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Berdimuhammedov Ashxoboddagi yirik sport majmuasi – Olimpiya shaharchasini qurilishini alohida tilga olib, bu turkman sportining obro‘sini oshirishga qaratilgan yuksak e’tiborning isboti ekanligini ta’kidladi.

"Davlat rahbari shunday imkoniyatlar yaratilganiga qaramay vatan sporti obro‘sini, yurt bayrog‘ini baland ko‘tarish ishonchini oqlay olishmaganidan noroziligini bildirdi", — deyiladi mahalliy OAV xabarida.

Sport qo‘mitasi rahbari Kakabay Seydov qisqa muddat ichida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni to‘g‘rilamaydigan bo‘lsa, lavozimidan bo‘shatilishi to‘g‘risida jiddiy hayfsan oldi.

Turkmaniston Olimpiya o‘yinlarida 1996-yildan buyon ishtirok etadi, lekin turkman sportchilari shu kunga qadar biror marta ham Olimpiya medali olishmagan. Sportning beshta turida to‘qqiz nafar sportchi bilan qatnashgan terma jamoa Rio Olimpiadasida ham medalsiz qoldi.

Yangiliklar lentasi
0