OAV: Shimoliy Koreya askarlar qochib ketmasligi uchun chegaraga minalarni joylab chiqdi

© Sputnik / Irina NexoroshkinaShimoliy Koreya chegarasi
Shimoliy Koreya chegarasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreya harbiylari mamlakatni Janubiy Koreyadan ajratib turuvchi chegara hududiga minalarni joylashtirib chiqmoqda.

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Renxap agentligi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Shimoliy va Janubiy Koreya chegarasida minalar joylashtirilmoqda. Janubiy koreyalik manbaning ta’kidiga qaraganda, Pxenyan rasmiylari askarlar Janubiy Koreya tomonga qochib ketmasliklari uchun bunday choralarga qo‘l urgan, deb yozadi RIA Novosti.

Shimoliy Koreya ballistik raketalar sinovini o‘tkazmoqda - Sputnik O‘zbekiston
AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya diplomatlari Shimoliy Koreyaga bosimni kuchaytirmoqda
Xabar hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.

Agentlikning yozishicha, Shimol va Janub o‘rtasida 1950-1953 yillarda kechgan Koreya urushdan so‘ng tinchlik sulhi imzolanganidan beri birinchi marotaba bunday holat kuzatilmoqda.

Seul rasmiylarining ta’kidiga qaraganda, bu harakatlar Pxenyanga nisbatan olib borilayotgan "psixologik" urush samarasi deb hisoblash mumkin. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Janubiy Koreya Pxenyan bilan chegarada 24 kilometr masofagacha "baqira" oladigan karnaylarni joylashtirib chiqqan edi.

Manbaga ko‘ra, Pxanmundjom tumanidagi muzokaralar punktida hududga mina joylab chiqish holatlari kuzatilgan.

"Taxminimizcha, o‘sha yerda xizmat qilayotgan shimoliy koreyalik askarlarning qochib ketmasligi uchun shunday chora ko‘rilgan", — deb ta’kidladi manba.

Agentlik, shuningdek, Pxandmunjomdagi bufer hududini minalashtirish 1953-yilda tuzilgan tinchlik sulhiga ko‘ra ta’qiqlanganini eslatib o‘tgan.

Janubiy Koreya rasmiylari hisob-kitobiga ko‘ra, Shimoliy Koreya chegarada to‘rt mingga yaqin minalarni joylashtirishga ulgurgan.

Yangiliklar lentasi
0