Dori olib kirish tartibi yengillashtirildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMedikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte
Medikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati” haqidagi qonunga O‘zbekistonda kam uchraydgan kasalliklar uchun 129 dori olib kirish tartibini osonlashtirish haqida o‘zgarishlar kiritildi.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Birinchi navbatda kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun kerak bo‘ladigan dorilar ro‘yxatiga yana 129 dori kiritildi, Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabari asosida.   

“129 ta xalqaro-patentga ega bo‘lmagan dorilar ro‘yxatini tasdiqlash kelajakda ularga muhtoj bo‘lgan aholini ushbu kamob dorilar bilan ta’minlash imkonini beradi”, — deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Vazirlik vakili aytishiga qaraganda, 2016-yilning boshida “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati” haqidagi qonunga o‘zgarishlar kiritilib, u yerdagi kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun kerak bo‘ladigan kamob dorilar ro‘yxati to‘ldirilgan.

“Ushbu, kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mamlakatga maxsus dorilar olib kelish imkoni paydo bo‘ldi”, — dedi Tibbiyot vazirligi vakili. Uning so‘zlariga qaraganda, qonunga kiritilgan o‘zgarishlar O‘zbekistonga kamob dorilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan olib kirish imkonini yaratdi.

O‘zbekistonda 100 ming aholi soniga 10tadan kam aniqlangan kasalliklar kam uchraydigan  kasalliklar hisoblanadi. Ushbu kasalliklar ro‘yxatiga limfa va qon yaratuvchi to‘qimalarda paydo bo‘ladigan xavfli shishlar, gemofiliya, lepra, sindrom Vilsona-Konovalova va a’zo va to‘qimalar transplantatsiyasidan keyingi holatlar kiradi.

Yangiliklar lentasi
0