Atambayevning Turkiyaga javobi: bizni qo‘rqitishning hojati yo‘q, biz qo‘rqib bo‘lganmiz

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev
Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Mavlyut Chavushoglu agar Qirg‘iziston "Gulen bandasi"ga nisbatan o‘z munosabatini o‘zgartirmasa, Turkiya Bishkekka nisbatan o‘z munosabatini o‘zgartirishini aytib, tahdid qilgan edi.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Turkiya TIV rahbari Mavluyu Chavushogluning Fatxulla Gulen tarafdorlari Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishini amaga oshirishi mumkinligi borasidagi bayonotiga keskin tarzda javob qaytardi, deb xabar qilmoqda Spunik Qirg‘iziston.

Bundan sal oldin Chavushoglu Anqarada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringanlikda ayblanayotgan muxolifat islom targ‘ibotchisi Fatxulla Gulenning tarafdorlari Qirg‘izistonda ham to‘ntarishni amalga oshirishi mumkinligi haqida bayonot qilgan edi.

Turkiya TIV rahbari qirg‘iz hukumatini Gulen jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan xususiy maktablarga nisbatan ham chora ko‘rishga chaqirib, agar Qirg‘iziston "Gulen bandasi"ga nisbatan o‘z munosabatini o‘zgartirmasa, Turkiya Qirg‘izistonga nisbatan o‘z munosabatini o‘zgartirishini aytib, tahdid qilgan.

Qirg‘iziston TIV Chavushogluning bu ta’kidlarini noto‘g‘ri deya baholadi, hamda suveren davlat o‘zi uchun nima yaxshiyu, nima yomonligini o‘zi hal etishga qodirligini alohida ta’kidlab o‘tgan.

"Bu bema’nilik. Agar shunchalik aqlli ekan, unda nega davlat to‘ntarishi sodir etilganda, g‘aflatda qolishdi? Albatta, biz barcha maslahatlarni tinglaymiz va ma’lumotlarni tekshirib ko‘ramiz. Lekin bizga tahdid qilishning va aql o‘rgatishning keragi yo‘q. Biz qo‘rqib bo‘lganmiz", — deb bayonot qilgan Atambayev.

Yangiliklar lentasi
0