"O‘zbekiston havo yo‘llari" mustaqillik tengqurlariga bepul chiptalar taqdim etadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi o‘z yo‘lovchilari uchun qator aksiyalar uyushtirib, sovg‘alar tayyorlamoqda.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. 1991-yilning 1-sentabrida tug‘ilgan yoshlarga "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK ichki yo‘nalishlar bo‘ylab sayohat uyushtirish imkoniyatini taqdim etmoqda. Bunday yoshlarga O‘zbekistondagi ichki yo‘nalishlar uchun tekin chiptalar 1-sentabrdan 31-oktabrga qadar topshiriladi.

"Mustaqillik tengdoshlari uchun aksiya! 1991-yil 1-sentabrda tug‘ilganlarga "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK O‘zbekiston shaharlariga tashrif buyurish imkonini beradi. Siz respublika ichidagi yo‘nalishlarga bepul aviachipta olishingiz mumkin. Taklif O‘zbekiston Respublikasi hududida 1-sentabrdan 31-oktabrgacha bo‘lgan davr ichida amalga oshiriladigan istalgan qatnovga nisbatan tadbiq etiladi. Agar Siz 1991-yil 1-sentabrda tug‘ilgan bo‘lsangiz, unda 1-avgustdan boshlab sovg‘a — aviachiptani rasmiylashtirish uchun "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKning aviachiptalarni sotish shoxobchalariga murojaat qilishingiz mumkin"
Hurmatli mustaqillik tengdoshlari, O‘zbekistondagi siz tashrif buyurishni istagan shaharni tanlang va bayram aksiyamizdan foydalaning!", deyilgan xabarda.

Shuningdek, feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi «Uzbekistan airways» sahifasida respublika ichidagi yo‘nalishlarga bepul aviachipta o‘ynaladi. Unda ishtirok etish shartlari oddiy: aviakompaniya sahifasiga obuna bo‘lish va yutuq o‘ynalishi haqidagi e’lonni do‘stlari bilan o‘rtoqlashish. O‘yin 15-avgustda boshlanadi va 24-avgust soat 24.00gacha davom etadi.

Natija 26-avgust kuni soat 10.00da Random.org tasodifiy raqamlar generator dasturi yordamida, maxsus komissiya va OAV vakillari ishtirokida aniqlanadi. G‘olib respublika ichidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bitta bepul aviachiptaga sertifikatni qo‘lga kiritadi.

Bundan tashqari, 1-sentabr, Mustaqillik kunida "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK qatnovlarida parvoz qiladigan barcha yo‘lovchilarga HK sahnida esdalik suvenirlar topshiriladi. Bort kuzatuvchilari milliy aviatashuvchi nomidan yo‘lovchilari bayram bilan tabriklashadi va tarixiy voqea xotirasiga aviakompaniya logotipi va mustaqillik ramzi tushirilgan suvenirlarni taqdim etishadi.

Yangiliklar lentasi
0