Rubl kursi o‘zgarishi qo‘shni mamlakatlar valyutalariga ta’sir qilmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRossiya rubli
Rossiya rubli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Analitiklar aytishiga qaraganda, Rossiya rublining dollarga nisbatan qiymati 2016-yil oxiriga qadar tushishi kutilmoqda. Sputnik ushbu vaziyat MDH mamalkatlari iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlashga harakat qildi.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik, Mariya Sheludakova. Rubl qiymati tushganda Rossiya bilan iqtisodiy jihatdan chambarchas bog‘liq bo‘lgan mamalkatlar valyutalari kursi qanday o‘zgarishi haqida Spunik muxbiri savollariga Iqtisodiyot oliy maktabi professori Aleksandr Abramov javob berdi.

Rossiya ekspertlari, yaqin orada Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar tufayli pasaygan rubl kursi o‘sishini kutishning hojati yo‘q. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, dollarga nisbatan rubl kursi yil oxirigacha 73  bo‘lishi mumkin.

Rublning dollar va yevroga nisbatan o‘zgarishi – asosan neft va gaz narxi pasayishi bilan bog‘liq, deydi iqtisodchi.

Biroz oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya valyutasining narxi o‘sishi davlat uchun unchalik foydali emasligini ta’kidlagan edi. Demak rubl kursini “ushlab turish” uchun davlat tomonidan hech qanday hatti harakat qilinmaydi. Bunday holda esa, rubning narxi tushishi, suvga tashlangan toshdan atrofga tarqalgan to‘lqinlar kabi,  qo‘shni MDH mamlakatlar valyutalari qiymati tushishiga olib keladi.

Birinchi navbatda rubl YevroOsiyo Iqtisodiy Ittifoqi mamlakatlari: Belorussiya, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston valyutalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Undan tashqari Qozog‘iston iqtisodiyotiga dunyo bozorida neft narxining tushishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Undan tashqari rubl kursi pasayib borayotgan vaqtda Qozog‘iston Markaziy banki ham o‘z valyutasi kursini yuqorida ushlab tura olmaydi. Tanga kursi yuqori bo‘lgan taqdirda ochiq chegara orqali Rossiya tovarlari Qozog‘istonga kirib kela boshlaydi. Qozog‘iston eksporti hajmi esa — kamayadi.

Belorussiya rubli kursi Rossiya valyutasi ta’siriga bog‘liqligi kamroq. Nima bo‘lganda ham oxirgi yillardagi kuzatuvlar Belorussiya rublining Rossiya rubliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq emas ekanligini ko‘rsatdi. Masalaning yana boshqa tomoni, Belorussiya o‘z valyutasi kursini yuqori darajada ushlab turish keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazib turadi.

Iqtisodchining fikriga ko‘ra, YeOII mamlakatlari valyutalari bir-biri bilan bog‘liqligi MDHning boshqa davlatlari mamalkatlari valyutalariga qaraganda kuchliroq.

Ozarbayjon manati Rossiya rubliga unchalik bog‘liq bo‘lmasada, uneft va gaz narxiga bog‘liq. Shu sababdan uning ham qiymati oxirgi uch yil davomida ikki barobardan ortiq pasaygan.

Gruziya iqtisodi tarkibi xilma-xil va neft-gazga bog‘liq bo‘lmagani sababli, ushbu mamalkat valyutasi kursi nisbatan barqarorligicha qolmoqda.
Qolgan mamlakatlar iqtisodiyoti Rossiya iqtisodiyotiga bog‘liqligi kuchli bo‘lmagani tufayli ularning valyutalari rubl kursiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik namoyish qilmayapti. Shunga qaramasdan ayrim mamlakatlarning o‘z ichki muammolari tufayli valyuta kurslari pasaymoqda.  Masalan Ukraina. Ushbu mamlakat iqtisodi ayni damda Rossiya iqtisodidan ancha chetlashtirilgan, lekin grivna kursi rublga bog‘liq bo‘lmagan holda pasaymoqda.

Yangiliklar lentasi
0