Yaponlar "Moskva"ni qayta tiklamoqchi

© UzbekturizmToshkentdagi "Chorsu" mehmonxonasi
Toshkentdagi Chorsu mehmonxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent ramzlaridan biri bo‘lgan "Chorsu"(sobiq "Moskva") mehmonxonasi taqdiri ko‘pchilikni qiziqtiradi. Shu paytga qadar bu obyekt borasida bir necha potensial sarmoyadorlar bilan muzokaralar olib borilgan. Ayni vaqtda Yaponiyaning "Toyko Inn" kompaniyasi "Chorsu" mehmonxonasini qayta tiklash istagini bildirmoqda.

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Yaponiyaning Toyoko-Inn kompaniyasi Toshkent shahrining tarixiy markazida qad rostlab turgan "Chorsu" mehmonxonasini qayta tiklash va undan foydalanish istagini bildirmoqda, deb xabar qilmoqda "O‘zbekturizm" MAK matbuot-xizmati.

Kompaniyasi.boshqaruv raisi K. Morinak boshchiligidagi delegatsiya 12-14 iyul kunlari O‘zbekistonda bo‘lgan.

Yaponiyaning Toyoko-Inn kompaniyasi uch yulduzli biznes-mehmonxonalar quradi, Fransiya, Koreya, Filippin va Kamboja singari davlatlarda 200 dan ortiq mehmonxonalarga ega. Kompaniya, shuningdek, Frankfurt-Mayn, Moskva, Nyu-York, Chikago va Torontoda yangi mehmonxonalar qurish va mavjud mehmonxonalarni qayta tiklash bilan shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1982-yili rus me’mori Vladimir Spivak tomonidan Toshkent shahrining Eski shahar qismida qurilgan 950 mehmonga mo‘ljallangan va 23 qavatli eng baland mehmonxonaga dastlab "Moskva" deb nom berilgan. O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach, mehmonxona nomi "Chorsu"ga o‘zgartirilgan. Qachonlardir odam gavjum bo‘lgan bino ancha yillardan beri buzilish holatida.

Yangiliklar lentasi
0