O‘zbekistonda “Islom davlati”ga qarshi fatvolar kitobi chiqdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishQur’on
Qur’on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu kitobda O‘zbekiston, Misr va Suriyaning musulmon olimlari Yaqin Sharqda Islom dini nomidan amalga oshirilayotgan terrorchilik va ekstremizm bilan bog‘liq fatvolari jamlangan.

 

TOShKENT, 13-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi “Dunyo ulamolari  murojaati” kitobini nashrdan chiqardi. Ushbu kitobda butun dunyodagi islom olimlarining “Islom davlati”ga qarshi fatvolari to‘plangan, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasidagi diniy ishlar qo‘mitasi xabariga asosan.   

Fatvo – bu sha’riy masala yuzasidan berilgan savolga, ma’muriy huquqga ega bo‘lgan shaxs (imom)yoki tashkilot tomonidan berilgan javobdir.

“Ushbu nashr, Yaqin Sharqdagi islom dini nomidan bajarilayotgan terrorchilik va ekstremizm va boshqa dolzarb mavzular bo‘yicha berilgan savollarga O‘zbekiston, Misr va Suriya olimlarining javoblari mujassamlashtirilgan”, — deydi O‘zbekiston Diniy Ishlar qo‘mitasi vakili.  

Ushbu to‘plam “Islom davlati” chaqiriqlariga nisbatan haqiqiy islom dinining qarashlari aks ettirilgan, deb ta’kilashdi Diniy Ishlar qo‘mitasida.

Eslatib o‘tamiz 2015-yil boshida O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Aydarbek Tulepov qalamiga mansub “IShID – Islom dushmani” nomli kitob chiqargan edi. Ushbu kitobda Tulepov oddiy va tushunarli misollar yordamida IShID amaliyotlarining haqiqiy Islom ta’limiga qarshi ekanligini isbotlaydi hamda jangarilar orasida bo‘lib qaytgan va o‘z ishidan pushaymon qilgan fuqarolarning iqrori keltiriladi.  

Suriya hududida 2011-yilning mart oyidan boshlab davom etayotgan qonli urushda 220 mingdan ortiq fuqaro qurbon bo‘ldi. Suriya hukumati qo‘shnlariga o‘zlarini “Islom davlati” va “Jabhat an-Nusra” deb nomlagan jangarilar guruhi  qarshilik ko‘rsatmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0