TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. 2020 yilning oxirigacha O‘zbekiston meva sabzavot mahsulotlari saqlash tizimi quvvatini 1 mln tonnaga yetkizishni rejalashtirgan, dedi Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Meva-sabzavot yarmarkasida “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi boshqarma raisi Odilxon Rustamov.
Uning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda mamlakatda 1300ta ixtisoslashgan meva-sabzavot saqlash omborxonalari bor. Ularning umummiy quvvati 800 ming tonna bo‘lib, u yerda mahsulot saqlashning zamonaviy saralash, upakovka qilish kabi uslublari qo‘llaniladi.
“Yangi sovutish kameralari paydo bo‘lganligi tufayli, O‘zbekiston meva-sabzavotlar yo‘qotish hajmini 10% dan ko‘pga qisqartirishi mumkin. O‘zbekiston tomoni yaqin besh yil ichida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishga 163 mln dollardan ko‘p chet el sarmoyalari va kreditlarini jalb qiladi”, — dedi Rustamov.
Yangi omborxonalar qurilayotgan savdo-logistika markazlari asosida quriladi va ularni barpo etish uchun 115 mln dollardan ortiq mablag‘ jalb qilinadi. Umumiy hisobda mamalkatda 15 dan ortiq shunday markazlar barpo etish rejalashtirilgan. Ular respublika hududining barcha qismida joylashtiriladi.
Yangi sovutgichlarning bunday hajmda paydo bo‘lishi, hukumat tomonidan qo‘yilgan topshiriqqa binoat amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra 2020-yilga qadar O‘zbekistonda meva-sabzavot yetishtirish hajmi yiliga 16 mln tonnadan 32 mln tonnaga yetkizilishi kerak.
O‘tgan yili O‘zbekistonda 12,5 mln tonna sabzavot mahsulotlari hamda 1,8 mln tonna poliz mahsulotlari, 1,5 mln tonna uzum va 2,73 mln tonna meva va boshqa qilshloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirilgan edi.