Fotolavha: dunyoning eng mashhur ayol siyosatchilari

Obuna bo‘lish
2016 yil 13-iyul kuni so‘nggi 26-yil ichida ilk marotaba Angliya Bosh vaziri lavozimini ayol kishi egalladi. Shu vaqtga qadar Britaniya tarixidagi yagona ayol-Bosh vazir - "qattiqqo‘l xonim" Margaret Tetcher bo‘lgan.

Sputnik O‘zbekiston jahon siyosatida juda katta rol o‘ynagan eng mashhur siyosatchi ayollar nomlarini eslab o‘tishga qaror qildi.

© Sputnik / Yuriy Abramochkin / Mediabankka o‘tishHindiston Bosh vaziri Indira Gandini AQShning 37 prezidenti Nikson kunlarning birida "qari jodugar", deya ta’riflagan edi. Ammo Indira Qo‘shma Shtatlar prezidentining besh yillik faoliyati davrida undan uch karra o‘zib ketishga muvaffaq bo‘lgan: u 1966-yildan 1977-yilgacha va 1980-yildan 1984-yilgacha Hindiston Bosh vaziri lavozimini egallagan. Indira Gandi mamlakat boshiga "qora bulutlar" to‘plangan davrda ham o‘z lavozimida faoliyat yuritgan, oqibatda, 1984-yilda o‘z tan soqchisi tomonidan otib o‘ldirilgan.
Indira Gandi, Hindiston Bosh vaziri - Sputnik O‘zbekiston
1/6
Hindiston Bosh vaziri Indira Gandini AQShning 37 prezidenti Nikson kunlarning birida "qari jodugar", deya ta’riflagan edi. Ammo Indira Qo‘shma Shtatlar prezidentining besh yillik faoliyati davrida undan uch karra o‘zib ketishga muvaffaq bo‘lgan: u 1966-yildan 1977-yilgacha va 1980-yildan 1984-yilgacha Hindiston Bosh vaziri lavozimini egallagan. Indira Gandi mamlakat boshiga "qora bulutlar" to‘plangan davrda ham o‘z lavozimida faoliyat yuritgan, oqibatda, 1984-yilda o‘z tan soqchisi tomonidan otib o‘ldirilgan.
© Sputnik / Aleksandr Utkin / Mediabankka o‘tish"Golda Meir", Endi Uorxolning "XX asrning eng mashhur yahudiylari" ko‘rgazmasi.
Golda Meir (1898-1978): Isroilning birinchi ayol-bosh vaziri. Kiyevda qashshoq yahudiylar oilasida dunyoga kelgan. 1948-yilda Isroil mustaqilligi Deklaratsiyasiga imzo chekkanlardan biri. Golda Iordaniya qiroli bilan maxfiy muzokara o‘tkazish uchun musulmon ayoli libosiga burkanadi. Qirol Abdulla Meirdan nega u mustaqillik uchun bu qadar toqatsizlik bilan kurashayotgani haqidagi so‘raydi. Golda bunga javoban: "Ikki ming yilga "katta shoshilish" sifatida qarash mumkin deb hisoblamayman", deya javob qaytaradi.
Golda Meirning eng mashhur iboralaridan biri: "Ayol o‘zi egallab turgan lavozimida har qanday erkakdan yaxshiroq bo‘lsagina, muvaffaqiyat qozonadi".
Endi Uorxol ko‘rgazmasi: Golda Meir - Sputnik O‘zbekiston
2/6
"Golda Meir", Endi Uorxolning "XX asrning eng mashhur yahudiylari" ko‘rgazmasi.
Golda Meir (1898-1978): Isroilning birinchi ayol-bosh vaziri. Kiyevda qashshoq yahudiylar oilasida dunyoga kelgan. 1948-yilda Isroil mustaqilligi Deklaratsiyasiga imzo chekkanlardan biri. Golda Iordaniya qiroli bilan maxfiy muzokara o‘tkazish uchun musulmon ayoli libosiga burkanadi. Qirol Abdulla Meirdan nega u mustaqillik uchun bu qadar toqatsizlik bilan kurashayotgani haqidagi so‘raydi. Golda bunga javoban: "Ikki ming yilga "katta shoshilish" sifatida qarash mumkin deb hisoblamayman", deya javob qaytaradi.
Golda Meirning eng mashhur iboralaridan biri: "Ayol o‘zi egallab turgan lavozimida har qanday erkakdan yaxshiroq bo‘lsagina, muvaffaqiyat qozonadi".
© Commons.wikimedia / SRA Gerald B. JohnsonBenazir Bxutto — 1953-yilning 21-iyunida mashhur siyosatchi, Pokiston Xalq partiyasi asoschisi, keyinchalik Pokiston prezidenti va Bosh vaziri Zulfiqor Ali-xon Bxutto oilasida dunyoga kelgan. 1979-yilda Bxuttoning otasi qatl qilingan. Ayol o‘z xotiralarida aynan shu fojia uni siyosat olamiga olib kelgani haqida aytgan.
Benazir 20-asrning eng go‘zal ayol siyosatchilaridan biri sifatida e’tirof etiladi. U umri davomida otasi boshlagan ishni davom ettirgan - o‘z ona-yurti baxti uchun kurashgan: neftni milliy boylikka aylantirgan, mamlakatda bepul ta’lim va davolanishni joriy etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, xalqaro terrorchilardan biri Usama Ben Laden o‘z vaqtida "Qora atirgul" deya e’tirof etilgan Benazir Bxuttoning boshi uchun 10 million dollar mukofot puli va’da qilgan.
Benazir 2007-yilda 15 yashar kamikadze-terrorchi tomonidan sodir etilgan portlash tufayli halok bo‘lgan. U jahon tarixida musulmon mamlakatga rahbarlik qilgan birinchi ayol bo‘lgan.
Benazir Bxutto — 1988—1990 va 1993—1996 yillarda Pokiston Islom respublikasi Bosh vaziri - Sputnik O‘zbekiston
3/6
Benazir Bxutto — 1953-yilning 21-iyunida mashhur siyosatchi, Pokiston Xalq partiyasi asoschisi, keyinchalik Pokiston prezidenti va Bosh vaziri Zulfiqor Ali-xon Bxutto oilasida dunyoga kelgan. 1979-yilda Bxuttoning otasi qatl qilingan. Ayol o‘z xotiralarida aynan shu fojia uni siyosat olamiga olib kelgani haqida aytgan.
Benazir 20-asrning eng go‘zal ayol siyosatchilaridan biri sifatida e’tirof etiladi. U umri davomida otasi boshlagan ishni davom ettirgan - o‘z ona-yurti baxti uchun kurashgan: neftni milliy boylikka aylantirgan, mamlakatda bepul ta’lim va davolanishni joriy etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, xalqaro terrorchilardan biri Usama Ben Laden o‘z vaqtida "Qora atirgul" deya e’tirof etilgan Benazir Bxuttoning boshi uchun 10 million dollar mukofot puli va’da qilgan.
Benazir 2007-yilda 15 yashar kamikadze-terrorchi tomonidan sodir etilgan portlash tufayli halok bo‘lgan. U jahon tarixida musulmon mamlakatga rahbarlik qilgan birinchi ayol bo‘lgan.
© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishAngela Merkel (markazda) 2005-yilda Germaniya kansleri etib tayinlangan. Germaniya hukumati rahbari lavozimiga uch marotaba qayta saylangan. Mana o‘n yildirki, u Yevropa iqtisodiyoti lokomotivi sanalmish Germaniyani boshqarib kelmoqda. Shovinistlar Merkel farzandsiz bo‘lgani uchun buyuk karyera qurishga vaqt topgan, deb ta’kidlasalar, bixevorizm oqimi namoyondalari uning zamonaviy emasligiga kinoya qilishadi, greklar esa pul bermay qo‘ygani uchun Merkeldan qattiq nafratlanishadi.
Nima bo‘lgan taqdirda ham, Forbes talqiniga ko‘ra, hozirda dunyoning eng obro‘li ayol-siyosatchisi - bu Germaniya kansleri Angela Merkel.
Germaniya kansleri Angela Merkel (markazda) - Sputnik O‘zbekiston
4/6
Angela Merkel (markazda) 2005-yilda Germaniya kansleri etib tayinlangan. Germaniya hukumati rahbari lavozimiga uch marotaba qayta saylangan. Mana o‘n yildirki, u Yevropa iqtisodiyoti lokomotivi sanalmish Germaniyani boshqarib kelmoqda. Shovinistlar Merkel farzandsiz bo‘lgani uchun buyuk karyera qurishga vaqt topgan, deb ta’kidlasalar, bixevorizm oqimi namoyondalari uning zamonaviy emasligiga kinoya qilishadi, greklar esa pul bermay qo‘ygani uchun Merkeldan qattiq nafratlanishadi.
Nima bo‘lgan taqdirda ham, Forbes talqiniga ko‘ra, hozirda dunyoning eng obro‘li ayol-siyosatchisi - bu Germaniya kansleri Angela Merkel.
© Sputnik / Yuriy Abramochkin / Mediabankka o‘tishSobiq Ittifoq Prezidenti Mixail Gorbachev Buyuk Britaniya Bosh vaziri Margaret Tetcher bilan oliy darajadagi uchrashuv chog‘ida.
Tetcher haqida ko‘p va xo‘b yozish mumkin. Shunisi ayonki, "qattiqqo‘l xonim"dan dunyoning eng nomdor siyosatchilari ham hayiqib turgan. Hatto, 1992-yilda, u siyosatni batamom tark etgach ham, siyosat qirolichasi unvoniga sazovor bo‘lgan Margaret Tetcherga nisbatan jamoatchilik qiziqishi so‘nmagan. Siyosatchi ayol obrazidan adabiyot va kinematografda ko‘plab marotaba foydlanilgan.
Mixail Gorbachev va Margaret Tetcher - Sputnik O‘zbekiston
5/6
Sobiq Ittifoq Prezidenti Mixail Gorbachev Buyuk Britaniya Bosh vaziri Margaret Tetcher bilan oliy darajadagi uchrashuv chog‘ida.
Tetcher haqida ko‘p va xo‘b yozish mumkin. Shunisi ayonki, "qattiqqo‘l xonim"dan dunyoning eng nomdor siyosatchilari ham hayiqib turgan. Hatto, 1992-yilda, u siyosatni batamom tark etgach ham, siyosat qirolichasi unvoniga sazovor bo‘lgan Margaret Tetcherga nisbatan jamoatchilik qiziqishi so‘nmagan. Siyosatchi ayol obrazidan adabiyot va kinematografda ko‘plab marotaba foydlanilgan.
© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishYoshi ulug‘ligiga qaramasdan, jamoatchilikni o‘z chiqishlari va betakror didi bilan xursand qilib kelayotgan dunyoning eng mashhur ayollaridan biri - Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II. Qirolicha 1926-yilning 21-aprelida tavallud topgan. Yoshligidan til o‘rganishga qiziqishi kuchli bo‘lgan. Jonivorlarga mehri bo‘lakcha, ayniqsa, itlarni juda yaxshi ko‘radi. Korgi zotiga mansub 30ta iti bor, qirolicha ularni o‘zi bilan sayohatlarga olib chiqadi, mehmonxonalarda ham jonivorlar uchun alohida joy hozirlanadi. Turmush o‘rtog‘i shahzoda Filippni qirolicha 8 yoshida uchratgan. Grek shahzodasining o‘g‘li o‘z ona yurtidan qochishga majbur bo‘lgan va 1 yoshida Angliyaga apelsinlar qutisida "tashrif buyurgan". Mish-mishlarga ko‘ra, qirolichaning o‘zi bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining "qo‘lini so‘ragan". Aytgancha, Yelizaveta II Angliya Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni hisoblanadi. Hamkor mamlakat rahbarlari bilan oliy toifadagi uchrashuvlarni qirolichaning shaxsan o‘zi o‘tkazadi. O‘g‘li - shahzoda Charlz, nabiralari -Uilyam va Garrini siyosiy ishlarga tayyorlagani bilan, hozircha, ularga muhim qarorlar qabul qilishni ishonib topshirganicha yo‘q.
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II - Sputnik O‘zbekiston
6/6
Yoshi ulug‘ligiga qaramasdan, jamoatchilikni o‘z chiqishlari va betakror didi bilan xursand qilib kelayotgan dunyoning eng mashhur ayollaridan biri - Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II. Qirolicha 1926-yilning 21-aprelida tavallud topgan. Yoshligidan til o‘rganishga qiziqishi kuchli bo‘lgan. Jonivorlarga mehri bo‘lakcha, ayniqsa, itlarni juda yaxshi ko‘radi. Korgi zotiga mansub 30ta iti bor, qirolicha ularni o‘zi bilan sayohatlarga olib chiqadi, mehmonxonalarda ham jonivorlar uchun alohida joy hozirlanadi. Turmush o‘rtog‘i shahzoda Filippni qirolicha 8 yoshida uchratgan. Grek shahzodasining o‘g‘li o‘z ona yurtidan qochishga majbur bo‘lgan va 1 yoshida Angliyaga apelsinlar qutisida "tashrif buyurgan". Mish-mishlarga ko‘ra, qirolichaning o‘zi bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining "qo‘lini so‘ragan". Aytgancha, Yelizaveta II Angliya Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni hisoblanadi. Hamkor mamlakat rahbarlari bilan oliy toifadagi uchrashuvlarni qirolichaning shaxsan o‘zi o‘tkazadi. O‘g‘li - shahzoda Charlz, nabiralari -Uilyam va Garrini siyosiy ishlarga tayyorlagani bilan, hozircha, ularga muhim qarorlar qabul qilishni ishonib topshirganicha yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0