O‘zbekistonda hech kim repni ta’qiqlamoqchi emas - O‘zbeknavo

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tish"Ariya" guruhi konserti
Ariya guruhi konserti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zbeknavo” rahbari Farxod Jo‘rayevning so‘zlariga qaraganda, oxirgi vaqtlarda O‘zbekistonda ko‘plab yosh ijrochilar paydo bo‘lmoqda. Albatta, ular ba’zan adashadi, lekin ularga o‘rgatish, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish kerak, xolos. Har qanday ijodkor kabi ular ham o‘z yo‘lini qidirmoqda.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda hech kim repni yoki ijrochilik san’atining boshqa yo‘nalishlarini ta’qiqlamoqchi emas, dedi Sputnik Uzbekiston muxbiriga “O‘zbeknavo” estrada uyushmasi bosh direktori Farxod Jo‘rayev.

Oxirgi yillarda mamlakatda goh rep, goh rok yo‘nalishi ta’qiqlangani haqida mish-mishlar tarqalmoqda. “O‘zbeknavo” rahbari ushbu gaplarni inkor qilib, bugungi kunda O‘zbekistonda ijodkorlar uchun ajoyib sharoitlar yaratilganligini, san’atning barchi turlariga ruxsat berilganini, faqatgina ular yaxshilik va  ezgulik yo‘lida xizmat qilishi kerakliligi tasdiqladi.

“Rep ham kerak, faqat uni to‘g‘ri yo‘naltirish kerak. Agar biz undan butunlay voz kechsak, biz “podval  rep”iga ega bo‘lamiz. Bu turdagi qo‘shiqlar esa, umuman nazorat qilinmaydi. Hamma narsa meyorida va to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.

Musiqaning biror yo‘nalishini ta’qiqlash qanday oqibatlarga olib kelganligiga ko‘plab misollar bor. Masalan, Xrushev davrida, musiqaning buyuk yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan, jaz ta’qiqlanishi hech qanday yaxshi natijaga olib kelmagan edi”, — dedi Jo‘rayev.

Shu bilan bir vaqtda, O‘zbekistonda, MDHning boshqa mamlakatlarida bo‘lgani kabi, milliy mentalitet va qadriyatlarga mos kelmaydigan qo‘shiqlar to‘lib-toshib ketmagan. Badiiy kengashlar telekanal va radio efirga zararli va yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib axloqsizlikka olib keladigan qo‘shiq va kliplar qo‘yilmaydi.

Mansabdor shaxsning so‘zlariga qaraganda, mamlakatda oxirgi yillarda ko‘plab yosh va iste’dodli  muallif va ijrochilar paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, ba’zan boshqacha qo‘shiqlar ham paydo bo‘lib turadi, lekin bu ijodkorlarga o‘rgatish kerak, ular o‘z yo‘lini qidirmoqda.  

“Ba’zan jamiyatning bir qismi yosh ijrochilar va rep kuylovchilarga qarshi bo‘lishi mumkin. Biz hududlarda festivallar o‘tkazganimizda yosh ijrochilar u yerga qarab intiladi. 10-15 kun davomida o‘z oilasidan uzoqda va noqulay sharoitlarda bo‘lishiga qaramasdan, ular bor kuchi bilan harakat qilishadi, sahnada 100 % g‘ayrat bilan ishlashadi”, — dedi “O‘zbeknavo” rahbari.

Yangiliklar lentasi
0