TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Dushanba kuni Buyuk Britaniyadagi Konservativ partiya rahbari etib mamlakat Ichki ishlar bosh vaziri Tereza Mey tayinlandi. Amaldagi Bosh vazir — Devid Kemeron 13-iyul kuni iste’foga chiqishini ma’lum qilgani uchun, ayol shu kunning o‘zida Britaniya Bosh vazirligini egallaydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
OAV xodimlari hozirda yangi Bosh vazirni obdon "tahlil" qilishga kirishgan. Jurnalistlarda ayolning poyabzaliga tegishli ma’lumotlar ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Tereza Mey so‘nggi 26-yil ichida Britaniya Vazirlar Mahkamasiga rahbar etib tayinlangan birinchi ayol siyosatchi bo‘lishi kutilmoqda. Buyuk Britaniya tarixidagi yagona ayol Bosh vazir, barchaga yaxshi tanish bo‘lgan "qattiqqo‘l xonim" — Margaret Tetcher bo‘lgan.
Tereza Mey Britaniya IIV rahbarligiga 2010-yilda tayinlangan. U shuningdek, ayollar teng huquqligi bo‘yicha vazir vazifasini ham bajargan. Angliya quyi palatasida Mey Iroqqa bostirib kirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun, Buyuk Britaniyaning YeIdagi keyingi integratsiyasi, jamoatchilik joylarda chekish ta’qiqlanishiga qarshi hamda jinsiy ozchilik vakillariga tenghuquqlik berilishiga qarshi ovoz bergan.