Ekspert: O‘zbekistonning ShHTdagi raisligi tuzilma rivojlanishiga yangi turtki berdi

© IA "Jaxon"ShHT sammiti, Toshkent
ShHT sammiti, Toshkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shanxay Xalqaro tadqiqotlar akademiyasi huzuridagi Markaziy Osiyo mamlakatlari tadqiqot markazi direktorining o‘rinbosari San Saoyun “Jahon” axborot agentligiga bergan intervusi chog’ida ShHT taraqqiyotida O‘zbekiston tutgan o‘rin haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdi.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Mamlakatimizning Shanxay Hamkorlik Tashkilotidagi raisligi yakunlari hamon xorijlik ekspertlarning diqqat markazida turibdi. Masalan, Shanxay Xalqaro tadqiqotlar akademiyasi huzuridagi Markaziy Osiyo mamlakatlari tadqiqot markazi direktorining o‘rinbosari San Saoyun "Jahon" axborot agentligiga bergan intervusi chog‘ida ShHT taraqqiyotida O‘zbekiston tutgan o‘rin haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashgan.

"Tashkilotga a’zo davlatlar dunyo rivojlanishining tamoyillari yuzasidan mushtarak nuqtayi nazarlarga tayanishgani holda oldinga qo‘yilgan vazifalarning hal etilishi bo‘yicha kelishilgan yondoshuvlarni birgalikda izlashga tayyordirlar. ShHT doirasidagi hamkorlik o‘zaro ishonch, tenglik, madaniyatlar xilma-xilligiga hurmat bilan qarash, birgalikda ravnaq topishga intilish asosida amalga oshirilmoqda", deb ta’kidlagan ekspert.

San Saoyunnning fikricha, ushbu nufuzli tuzilma boy resurslarga hamda istiqbolli bozorlarga ega bo‘lgan a’zo davlatlarning iqtisodiy integratsiyasini yo‘lga qo‘yish borasida yangi imkoniyatlar eshigini ochgan va shu bois savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishidagi salohiyat benihoya kattadir.

Ekspert O‘zbekistonning ShHTga a’zo bo‘lgan boshqa mamlakatlar, jumladan, Xitoy bilan samarali gumanitar hamkorligini alohida qayd etib o‘tgan.

ShHTga a’zo-mamlakatlar rahbarlari - Sputnik O‘zbekiston
Misr eksperti: ShHT istiqbolli va nufuzli xalqaro tashkilotga aylandi
"Tarixdan ma’lumki, turli millat va elatlar hamda diniy konfessiyalar vakillari asrlar davomida o‘zaro tinchlik va hamjihatlikda yashab kelayotgan O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi va madaniyatining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan. Bularning barchasi ShHT davlatlari o‘rtasida madaniy almashuvlarni faollashtirish uchun o‘ziga xos zamin sifatida xizmat qiladi. O‘zbek rassomlarining Shanxayda o‘tkaziladigan ekspozitsiya va ko‘rgazmalari, ikki tomonlama talaba almashuvlarining muntazam tus olgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkilotidagi raisligi tuzilmaning rivojlanishiga yangi turtki bergani quvonarli holdir", deb qo‘shimcha qilgan San Saoyun.

Yangiliklar lentasi
0