Arabcha Vogue jurnalini Saudiya Arabistoni malikasi boshqaradi

© MARWAN NAAMANI / AFPDina Abdulaziz Al-saud. Saudiya Arabistoni malikasi
Dina Abdulaziz Al-saud. Saudiya Arabistoni malikasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nashr bosh muharriri lavozimini Sharq ayollari orasida eng taraqqiyparvar, nozik did sohibasi bo‘lgan - Saudiya Arabistoni malikasi Dina Abdulaziz egallaydi.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Vogue Arabia nashri tashkil qilinishi haqida mish-mishlar ancha oldin paydo bo‘lgan edi. Ammo, va nihoyat bu uzunquloq gaplar bugun o‘z tasdig‘ini topdi: tahririyat Vogue jurnalining arabcha versiyasini omma e’tiboriga havola qilmoqda, deb yozadi Financial Times.

Nashr bosh muharriri lavozimini Sharq ayollari orasida eng taraqqiyparvar, nozik did sohibasi bo‘lgan — Saudiya Arabistoni malikasi Dina Abdulaziz egallaydi.

"Arab dunyosi — bu 250 milliondan ziyod odamlar degani, ular hech qachon o‘z Vogue ga ega bo‘lmagan. Va nihoyat, orzu amalga oshdi, bu uchun uzoq yillar kutishga to‘g‘ri keldi", — deb hikoya qiladi Abdulaziz.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni malikasi musulmon jamiyatidagi ayollar rolini ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlaydi.

Dina eng yirik nashrlardan birida o‘z kolonkasini yuritadi, shaxsiy biznesiga ega — Arabiston va Qatarda bir qator butiklar sohibasi, uch nafar farzandning onasi. Mana 16-yildirki, malika koinotning eng boyvachcha shaxslaridan biri — Saudiya shahzodasi Abdulaziz bin Nosir Abdulaziz al-Saud bilan baxtli hayot kechirib kelmoqda.

Vogue Arabia jurnalining onlayn-versiyasi shu yilning sentabr oyida internetda paydo bo‘lishi kutilmoqda, 2017-yilning bahorida esa jurnalning bosma nusxasi chop etiladi.

Yangiliklar lentasi
0