Putin va Erdo‘g‘on qachon uchrashishlari ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on tez orada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazishini tasdiqladi.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Rossiya va Turkiya prezidentlari tez orada uchrashishlari mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Sochida bo‘lib o‘tgan Turkiya va Rossiya TIV rahbarlari uchrashuvi yakuniga ko‘ra, biz ikki davlat rahbarlari uchrashishi kerak, degan to‘xtamga keldik. Uchrashuv shu oy oxirida yoki avgust oyida, "Katta sakkizlik" sammitiga qadar bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu hozircha aniq emas", — deb aytgan Erdo‘g‘on jurnalistlarga.

Toyib Erdo‘g‘on Putinga xat yo‘llab, Turkiya osmonida urib tushirilgan "Su-24" uchuvchisi o‘limi uchun kechirim so‘raganidan keyin Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarga iliqlik oraladi.

Shundan so‘ng Rossiya prezidenti Turkiya prezidenti bilan telefonlashib, shaxsan uchrashish haqida kelishib olishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0