Masjid va restoranlarda iftorlik o‘tkazish ta’qiqlandi

© AFP 2023 / OZAN KOSEIftorlik
Iftorlik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqarolarga iftorni, cheklangan miqdorda mehmonlar taklif qilib, o‘z uyida o‘tkazish maslahat berildi.

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekistondan restoran, kafelarda va masjidlarda iftor uyushtirish ta’qiqlandi, islam-today.ru nashri xabariga asosan

Bunday tashabbus bilan O‘zbekiston Musulmonlar idorasi chiqdi. Diniy muassasa vakili shayx Abdulaziz Mansurning so‘zlariga qaraganda, ushbu maslahatlar Islom dining tarixi bilan bog‘liq.   

“Iftorlarni kafe, restoran yoki masjidlarda o‘tkazish bu — davlat siyosati emas. Biz bunga Islom tarixidan kelib chiqqan holda qaror qildik. Muhammad payg‘ambar davrida iftorlar faqat kambag‘al, yeyishga noni bo‘lmaganlar uchun tashkil qilinar edi. Hozir bo‘lsa iftor yana bir dabdabali tantana va isrofgarchilik manbaiga aylandi. Biz bunga qarshimiz”, — dedi shayx.

Iftor o‘z o‘yida  o‘tkazilgan taqdirda ham taklif qilinadigan odamlar sonini ham kamaytirish tavsiya etilgan, deydi nashr.  

“Makkada ko‘pchillikning o‘z uyi bo‘lmagan tufayli iftorlik jamoat joylarda o‘tkaziladi. Bizning fuqarolarning esa o‘z uylari bor, shuning uchun ular iftorni o‘z uylarida, oila a’zolari bilan birgalikda o‘tkazishi kerak”, — dedi diniy idora vakili.

Yangiliklar lentasi
0