Toshkent sirkida fillar qo‘zg‘oloni

© Francisco AnzolaToshkent sirki
Toshkent sirki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent sirkida tomosha vaqtida fillarning bezovta xulq-atvoridan qo‘rqqan tomoshabilar sirk zalidan qochib chiqa boshladi.

TOShKENT, 13 may — Sputnik. Toshkent sirkida, poytaxtda gastrolda bo‘lgan Katta Varshava sirkining namoyishlaridan birida, ikki o‘rgatilgan fil quyushqondan chiqib ketib tomoshabinlarni qo‘rqitib yubordi, deb xabar bermoqda qalampir.uz sahifasi.

Voqea 6-may kuni sodir bo‘lgan bo‘lsada, bu haqda faqat kecha ma’lum bo‘ldi.

Tomoshabinlar guvohligiga ko‘ra, fillar tomosha tugaganidan keyin, kutilmaganda nazoratni yo‘qotib o‘zini g‘ayrioddiy tuta boshlagan. Ular hatto sirk maydonidan tomoshabilar zaliga chiqishga urinishgan. Qo‘rqib ketgan tomoshabinlar esa baqir-chaqir bilan sirk zalini tark eta boshlagan. Voqega guvoh bo‘lgan tomoshabinning aytishicha,  vahimaga tushganidan, voqeani videoga olish uning esiga faqat fillar ancha xotirjam bo‘lganidan keyin kelgan.

Manej inspektori Farrux Davlatovning aytishiga qaraganda, ikki sirk fillari tomsha vaqtida rostdan ham nazoratni yo‘qotib, o‘zini bezovta tuta boshlagan.

“Tomosha tugab, fillarni arenadan olib chiqish boshlangan vaqtda, ular o‘t o‘chirish ballonni turtib yuborishgan. Oqibatda uning ichidagi olov o‘chiruvchi suyuqlik otilib chiqa boshladi. Bundan qo‘rqqan fillar qaytib sahnaga yugurib chiqishdi”, — dedi Davlatov.

“To‘polon bo‘lmasligi uchun biz tomoshabinlardan o‘z o‘rinlaridan turib balandroqqa chiqishni so‘radik. Fillar hech kimga zarar yetkizmadi. Kuzatuvchilar fillarga banan berib xotirjam qilishdi va sahnadan olib chiqib ketishdi. Sirk tomoshasi davom etdi. Bunday holat birinchi marta ro‘y berdi. Men sizga aniq aytaman-ki, fillar quturgan emas edi. Agar ularda quturganlik belgilari bo‘lganda, ularni mamlakatga kiritishmasdi”, — dedi u.  

Davlatov aytishiga qaraganda, har bir tomosha oldidan Toshkent davlat sirkida xavfsizlik choralari ko‘riladi.

 

Yangiliklar lentasi
0