“Markaziy Osiyo-Fors ko‘rfazi” koridorini yaratish bo‘yicha bitim kuchga kirdi

© Sputnik / Oleg Mineyev / Mediabankka o‘tishChegarada turgan furalar
Chegarada turgan furalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjat Markaziy Osiyo mamlakatlari va Fors ko‘rfazi hamda Ummon dengizi portlari o‘rasidagi tovarlarni uzluksiz tashishga va tranzit uchun ishonchli transport yo‘lagini yaratishga yo‘naltirilgan.

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. 2016-yilning 23-aprel kuni 2011-yil 25-aprelda imzolangan Eron Islom Republikasi, Ummon Sultonligi, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatlari o‘rtasidagi xalqaro transport va tranzit yo‘lagini yaratish to‘g‘risidagi Bitim (Ashxobod Bitimi) kuchga kirdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Tashqi Ishlar Vazirligi matbuot-xizmati.

"Hujjat Markaziy Osiyo mamlakatlari va Fors ko‘rfazi hamda Ummon dengizi portlari o‘rasidagi tovarlarni uzluksiz tashishga va tranzit uchun ishonchli transport yo‘lagini yaratishga yo‘naltirilgan. Bitim transport harajatlarini optimallashtirish maqsadida yuklarni tashish tezligini oshirishga, shuningdek rasmiy hujjatlar va tartib qoidalarni osonlashtirish va uyg‘unlashtirishga imkon yaratadi", — deyiladi xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0