TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Abxaziya vizasiz tashrif haqida kelishuvi bo‘lmagan barcha mamlakatlar bilan 2016-yil 1-aprelidan boshlab viza tartibini kiiritdi, bu haqda Sputnik Abxaziya mamlakat TIVga asosan xabar bermoqda.
“Mamlakat konsullik xizmati bugundan boshlab viza berishni boshladi. Ertalabdan muassasada Ukraina, Belarus, Armaniston fuqarolarining katta oqimi kuzatilmoqda. Biz ko‘pchillik bilan tushuntirish ishlari olib bormoqdamiz”, — dedi konsullik xodimi Veronika Jopua.
Konsullik xodimi aytishiga qaraganda, Abxaziyaga kirish uchun hujjatlarni konsullik xizmatining elektron adresiga yuborish mumkin. So‘rovni ko‘rib chiqish 7 kun vaqt oladi. Respublik hududida oldin bo‘lgan fuqarolar uchun ushbu muddat qisqartirilishi mumkin.
“Chet el fuqarolari Suxumga kelganidan keyin, uch kun davomida viza rasmiylashtirishi kerak. Ayni damda vizalar Abxaziya TIV konsullik xizmati tomonidan berilmoqda. Konsullik manzili Suxum shahri, Saxarova ko‘chasi 33. Vizasi bo‘lmagan chet el fuqarolari Abxaziyadan chiqib keta olmaydi”, — dedi Jopua.
Keyinchalik viza berish punkti Rossiya-Abxaziyaning “Psou” chegarasi nazorat punktida ochiladi.
Respublika qonunlariga ko‘ra, 2016-yilning 1-apreldan boshlab Abxaziya bilan tegishli shartnomasi bo‘lmagan barcha mamlakatlar fuqarolari uchun viza rejimi kiritiladi. Abxaziyaga vizsiz tartibhozircha faqatquyidagi mamlakatlar bilan tuzilgan: Rossiya, Nikaragua, Tuvalu, Janubiy Osetiya va Prednestrovsk Moldova Respublikasi.
Eslatib o‘tamiz, Abxaziya 1994-yilda o‘z mustaqilligini e’lon qilgan bo‘lsada BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tan olinmagan. Hozirgacha BMT Abxaziyani Gruziyaning bir qismi deb qabul qilinadi.