TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Ushbu yilning avgust oyida Toshkentda “Mexanik. Qayta tug‘ilish” filmining namoyishi bo‘lib o‘tadi. Filmda bosh rolni o‘ynagan akter Jeyson Stetxem Toshkentga film taqdimot marosimiga keladi, Uz24 xabari asosida.
“Ushbu quyoshli mamlkatiga borishni sabrsizlik bilan kutayapman”, — deb yozgan akter o‘zining facebook dagi sahifasida. Akter Samarqand va Buxoroda ham bo‘lishga umid bildirmoqda.
Stetxem qovunni yaxshi ko‘rishi ko‘pchillikka ma’lum, dunyoda eng mazali qovunlar O‘zbekistonda o‘sishini eshitgan akter bu yerga kelishga ishqiboz bo‘lgan ekan. Undan tashqari, akter o‘zbeklarning juda mehmondo‘st va soddadilligidan haqida ham eshitgan ekan.
Hammangizni 1 aprel bilan!