Jamoat transportida shubhali shaxslar qidirilmoqda

© Sputnik / StringerYo‘lovchilar uchun e’lon
Yo‘lovchilar uchun e’lon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu tadbir O‘zbekiston poytaxtida vaziyatni beqarorlashtirishga urinishning oldini olish va xavfsizlik choralari doirasida amalga oshirilmoqda.

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. 1-aprel kuni Toshkent shahar IIBsi O‘zbekiston davlatiga qarshi agitatsiya ishlarini olib borayotgan shubhali shaxslar haqida militsiya bo‘linmalariga xabar berish so‘ralgan plakatlarni poytaxtdagi jamoat transportlariga joylashtirib chiqdi.

"Jamoat transporti salonida, oraliq va oxirgi bekatlarda, aholi gavjum bo‘lgan va ko‘p to‘planadigan joylarda odamlar tomonidan davlatimiz siyosatiga qarshi so‘zlar, terroristik va qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etish niyatida yurgan shaxslar to‘g‘risida gaplar va boshqa g‘arazli tashviqotlar yuritilganda, qoldirib ketilgan shubhali buyumlar aniqlanganda va shunga gumon qilinganda bu haqda zudlik bilan quyidagi ishonch telefonlariga xabar qilishingizni so‘raymiz”, deyilgan avtobus salonlari, tramvay va metro vagonlarida osilgan plakatlarda.

20 fevraldan boshlab o‘tkazilgan "Tozalash – Antiterror" operatsiyasi doirasida IIV xodimlari tomonidan O‘zbekiston hududida noqonuniy yashab yurgan 261 kishi — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mamlakat hududidan chiqarib yuborildi. Bundan tashqari, uzoq yillar davomida chet elda bo‘lib, O‘zbekistonga qaytgan 70 mingga yaqin fuqarolar ro‘yxatga olindi. Ularning aksariyati bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilganligi ta’kidlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0