Toshkentda Botir Zokirovning yubileyi nishonlanadi

© Sputnik / Aleksey Varfolomeyev / Mediabankka o‘tishFarrux va Botir Zokirovlar
Farrux va Botir Zokirovlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Botir Zokirovning 80 yoshligiga bag‘ishlangan xotira kechasida xonandaning o‘g‘li Bahodir Zokirov tomonidan suratga olingan “Botir Zokirov” nomli film namoyish etiladi.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Toshkentdagi Bonum Factum galereyasida 18-26 aprel kunlari Botir Zokirovning 80 yoshlik yubileyiga bag‘ishlangan qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi, Gazeta.uz xabariga asosan.

Tadbir Bahodir Zokirovning “Meros” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi bilan ochiladi. Ochilish marisimida “Karvon” guruhi ijrosida qo‘shiqlar ijro etiladi.

21 aprel kuni “Sato” guruhining musiqali kechasi bo‘lib o‘tadi. U yerda rejisser Bahodir Zokirovning “To‘lqincha” filmiga atab yozilgan musiqalari yangraydi. 24-aprel kuni Marat Shunqor guruhining musiqali kechasi bo‘ladi.

Botir Zokirovning 80 yoshligiga bag‘ishlangan xotira kechasi 26-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston Xalq artisti Mansur Toshmatov boshchiligidagi “Botir Zokirov” nomli etnojaz orkestri qatnashadi va xonandaning o‘g‘li Bahodir Zokirov tomonidan suratga olingan hujjatli film namoyish etiladi.  

Yangiliklar lentasi
0