Shtaynmayer: Markaziy Osiyo — strategik ahamiyatga ega mintaqa

© DOMINIQUE FAGET / AFPGermaniya TIV rahbari Frank-Valter Shtaynmayer
Germaniya TIV rahbari Frank-Valter Shtaynmayer - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniya TIV vaziri hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Frank-Valter Shtaynmayer 30-mart kuni Toshkentda Abdulaziz Kamilov bilan uchrashdi.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Toshkentdagi Germaniya elchixonasi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, Shtaynmayer, shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikistonga safar qilishi kutilmoqda, deb xabar qiladi gazeta.uz.

«Markaziy Osiyo strategik ahamiyatga ega mintaqa: aksariyat hollarda xalqaro e’tibor soyasida qolib ketayotgan bu mintaqada Rossiya, Xitoy va Eron singari regional davlatlar manfaati to‘qnash keladi”, — deb bayonot qildi u tashrifi oldidan.

"Bu yerda ulkan iqtisodiy imkoniyatlar va xavfsizlikka tahdid soluvchi omillar mavjud, shu bois biz bunga e’tiborsiz bo‘la olmaymiz. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlari bilan ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash uchun ulkan salohiyatlar ham yetarli. Germaniya va OBSE(YeXHT) ushbu mintaqada faoliyatni kuchaytirishi shu bois ham muhim", — deb ta’kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federativ Respublikasi Federal tashqi ishlar vaziri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) amaldagi raisi Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi. Tashqi siyosiy idoralar rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning turli jihatlarini muhokama qilishdi hamda mintaqaviy va xalqaro siyosatga oid ayrim muammolar yuzasidan fikr almashishdi.

Yangiliklar lentasi
0