O‘zbekiston Bahraynni yengdi

© Sputnik / StringerO‘zbekiston Bahraynni yengdi
O‘zbekiston Bahraynni yengdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1:0 hisobida qozonilgan g‘alaba O‘zbekistonni guruhda birinchi o‘ringa olib chiqdi va jamoaga Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh-2018 kvalifikatsiya bosqichiga yo‘llanma berdi.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 ikkinchi saralovchi bosqichi doirasida oxirgi o‘yininni o‘tkazdi. Jamoa Bahrayn terma jamoasi bilan uchrashib 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bosqichning dastlabki o‘yinlarida O‘zbekiston Shimoliy Koreyaga 4:2 hisobida yutqizganini esga olsak,  yarim yil oldin bunday natijaga hech kim ishonmagan edi. 

Oxirgi o‘yin ham O‘zbekiston jamoasining hali qiladigan ishi ko‘pligini ko‘rsatdi. Jamoa muxlislar kutgan yorqin, hujumlarga boy o‘yinni ko‘rsata olmadi.

Futbolchilardan farqli o‘laroq, muxlislar jamoani qo‘llab quvvatlash uchun o‘z s’ay –harakatlarini ayamadilar. Tribunalarda ko‘plab bayroqlar, plakatlar va kostumlarni  ko‘rish mumkin edi.

Muxlislardan tashqari, stadionda xavfsizlikni saqlash ham o‘ta yuqori darajada bo‘ldi. Bu safar militsiya bir emas ikki tekshiruv kordoni tashkil qildi. Tomoshabinlardan barcha shubhali predmetlar va suyuqliklar so‘zsiz olib qo‘yilar edi. Dunyodagi notinch vaziyatni esga olsak, ushbu choralar bejiz emasligiga ishonamiz.

Birinchi taym O‘zbekiston uchun mushkul bo‘ldi. To‘p doimo stadion markazida bo‘ldi. Jamoa xuddi fikrini bir joyga jamlay olmagan talabaga o‘xshardi. Himoyachilar va hujumchilar go‘yoki nima qilishni bilmagandek tuyuldi. Birinchi taym shu tariqa 0:0 hisobida yakunlandi.

Babayan nima qilgani noma’lum bo‘lsa-da, ikkinchi taymda go‘yoki kimdir jamoani almashtirib qo‘ygandek tuyuldi. O‘zbekiston jamoasi birinchi daqiqalardan turib raqib ustiga hujumni kuchaytirdi. Raqib faqat himoyalanishga mabur bo‘ldi. 49 daqiqada Sardor Rshidov himoyachini aldab o‘tib hisobni ochdi — 1:0.

O‘yin oxirida hujumlar biroz susaydi. Bunga jamoaning charchagani va KXDRning Fillipinga yutqizgni sabab bo‘ldi, shekilli.

Shunday qilib O‘zbekiston guruhda birinchilikni egalladi va to‘g‘ridan to‘g‘ri JCh-2018 ning kvalifikatsiya bosqichiga yul oldi. Kvalifikatsiya bosqichida O‘zbekistondan, Saudiya Arabistoni, BAA, Avstraliya, Qatar, Xitoy, Eron, Yaponiya, Suriya, Tailand, Iroq va Janubiy Koreyalar uchrashadi. Qura tashlash marosimi 12-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Yangiliklar lentasi
0