TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Rostov-Don aeroportida halokatga uchragan layner bortida 46 yashar O‘zbekiston fuqarosi Larisa Allen ham bo‘lganligi ma’lum qilindi. Layner halokatida nobud bo‘lganlar ro‘yhati aviakompaniya saytida e’lon qilingan.
Flydubai aviakompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, samolyot bortida 44ta Rossiya, 8ta Ukraina, ikki nafar Hindiston va bitta O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. 55 yo‘lovchi va yettita ekipaj a’zolaridan hech biri tirik qolmagan.
Layner bortida 33 nafar ayol, 18 nafar erkak va 4 nafar bolakaylar bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Halok bo‘lgan rossiyalik yo‘lovchilarning har biriga 1 mln rubl miqdorida kompensatsiya berilishi ma’lum qilindi. Kompensatsiya chet el fuqarolariga berilish-berilmasligi hozircha noma’lum.
Fojia shanbaga o‘tar kechasi yuz bergan. Dubaydan yo‘lga chiqqan layner Rostov-Don aeroportiga yetib kelgach noqulay ob-havo sharoitlari tufayli, halokatga uchragan, deb taxmin qilinmoqda. Rossiya MChS xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, samolyot bortida bo‘lganlarning birortasi tirik qolmagan.