TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Rossiya TIV Rostov-Don aeroportidagi aviahalokatda nobud bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi uchun O‘zbekiston hukumatiga chuqur hamdardlik bildirmoqda, deb xabar berilgan Rossiya TIV saytida.
Dubaydan qaytib kelayotgan Fly Dubai aviakompaniyasiga qarashli layner, Rostov aeroporti qo‘nish chizig‘idan chaproqda, Moskva vaqti bilan 3:40da qulab tushgan. Rossiya Transport vazirligi rasmiy vakili bergan xabarga ko‘ra, samolyot takror qo‘nishga uringan vaqtda halokatga uchragan.
Rossiya MChS xizmati bergan xabarga ko‘ra, layner bortida bo‘lgan 55 fuqaro, shu jumladan bitta O‘zbekiston fuqarosi hamda 7 nafar ekipaj a’zolarining hammasi nobud bo‘lishgan.
"Halok bo‘lganlarning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz", — deyiladi xabarda.
Rossiya TIV Rostov aeroportiga tashrif buyurayotgan nobud bo‘lgan chet ellik yo‘lovchilar yaqinlariga kerakli yordam ko‘rsatilishi to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.